"Oltin to‘p" uchun nomzodlar e’lon qilindi

  • 21 oktabr, 2019, 22:33
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

France Football nashri "Oltin to‘p" uchun davogarlik qiladigan 15 ta futbolchilar ro‘yhatini e’lon qildi.

Birinchi beshtalik nomzodlar Sado Mane ("Liverpul"), Serxio Aguero ("Manchester Siti"), Frenki de Yong ("Barselona"), Ugo Loris ("Tottenxem") va Dushan Tadich ("Ayaks").

Ikkinchi beshtalik ro‘yxatiga Kilian Mbappe (PSJ), Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Donni van de Bek ("Ayaks"), Per-Emerik Obameyang ("Arsenal") va Mark-Andre ter Stegen ("Barselona") kiritilgan.

Uchinchi kuchli beshlik a’zolari sifatida Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"),Alisson ("Liverpul"), Matteys de Ligt ("Yuventus"), Karim Benzema ("Real") Djordjino Veynaldum ("Liverpul") qayd etilgan.

Taqdirlash marosimi ikkinchi dekabr kuni Frantsiyaning "Shatle" teatrida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, shu kuni ayollar o‘rtasida ham "Oltin to‘p" sovrindori va 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi darvozabon nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alijon Gazarov
21/10/2019 22:43
Messi qani?