PSJ ko‘cha futboli uslubida "Bavariya"ni EChLdan chiqarib yubordi. Yoxud chorak finalning eng yorqin juftligi qarama-qarshiligi haqida gaplashamiz

  • 15.04.2021 13:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar Ligasining joriy mavsum chorak final bosqichidan o‘rin olgan asosiy qarama-qarshilik taqdiri hal bo‘ldi - turnirning amaldagi g‘olibi o‘yindan chiqdi. PSJ Myunxenda qo‘lga kiritilgan ustunlikdan foydalanib, uni boy bermadi. Ha, Pochettino shogirdlari Parijda mag‘lub bo‘ldi, ammo endi bu hisob kimni qiziqtiradi? Ha, albatta, hech kimni! Quyida ushbu uchrashuvning asosiy xulosalari haqida gaplashamiz.

112626.jpg

“Bavariya” yarim finalga munosib o‘yin ko‘rsatmadi

Xans-Diter Flik PSJga qarshi o‘yinlar oldidan juda ko‘p yo‘qotishlarga duch keldi. Levandovski, Gnabri va Goretskaning yo‘qligi, ayniqsa, juda katta yo‘qotish bo‘ldi, ammo Myunxendagi o‘yinda bu muammolar "Bavariya"ning PSJni ezishiga to‘sqinlik qilmadi. Ha, nemislar gollar bo‘yicha yutqazdi, ammo ular o‘yin davomida parijliklarni vaziyatlarga ko‘mib tashlashdi. Javob o‘yinidan oldin jarohat olganlar ro‘yxatiga Zyule ham qo‘shildi.

Statistikaga ko‘ra, Parijdagi o‘yinda mehmonlar ko‘p jabhada yana PSJni ortda qoldirdi, biroq Germaniya chempioni kerakli natija qayd eta olmadi. Shu kuni "Bavariya" o‘ziga o‘xshamadi. Jamoa oldindan taxmin qilingan ko‘rinishga ega edi, ammo ular PSJga nisbatan o‘z ustunliklarini amalga oshira olmadi (to‘pga egalik qilish va pozitsion ko‘rsatkichlar). Bunga qisman Levandovski va Gnabri yo‘qligi sabab bo‘ldi. Natijada “Bavariya” futbolchilari qanotlardan kirishga majbur bo‘ldi. Shu kuni Pochettino qanotlarga tajribali futbolchilar o‘rniga ikki yosh futbolchi - Dagba va Dialloni maydonga tushirishga qaror qildi. Bir qarashda Koman va Sane ularni ko‘zlarini yumib ham dog‘da qoldiradigandek tuyuldi. Printsipial jihatdan Kingsli va Leroy bu vazifalarni uddalashdi, ammo ular "yoshlarni" ortda qoldirgan bo‘lsada,  hujumni davom ettirish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lmadi. Parij klubining mudofaa markazi o‘z ishini a’lo darajada uddaladi va raqib hujumchilariga imkon qoldirmadi. Darhaqiqat, hamma hujumlar qanotdan amalga oshirildi va jarima maydonchasiga kirish uchun ko‘plab urinishlar barbod bo‘ldi.

112721_m.jpg

Garchi tashabbus myunxenliklar tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi daqiqalarga qadar “Bavariya” PSJni bosim ostida ushlab tura olmadi. Pochettino shogirdlari Germaniyada bo‘lgani kabi "Bavariya"ga o‘z jarima maydonlarida erkin harakatlanish imkonini bermadi. Myunxenliklarning asosiy quroli hisoblangan kuchli pressing ham kutilgan darajada ish bermadi. "Bavariya" futbolchilari chindan ham to‘pni oldirgach, uni qisqa muddatda qaytarib oldi. Biroq PSJ raqib xatolaridan foydalanib kichik vaziyatlar yaratdi. Nemislar o‘yin davomida agressivroq harakat qildi va mezbonlarning etakchi futbolchilarini guruh bo‘lib yopishga urindi. Lekin PSJ futbolchilari birgina aniq pas orqali ushbu guruhlarni dog‘da qoldirdi.

Bunday epizodlar juda ko‘p bo‘ldi. PSJ texnika va tezlikka asoslangan o‘z ustunligidan samarali foydalandi. Ammo ba’zi mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu bosimdan chiqishning juda xavfli usulidir. Individual pressing paytida driblingchilarning o‘rni tobora ortib bormoqda va yulduz futbolchilarning driblinglari yaqin kelajakda taktik qurolga aylinishi mumkin.

"Bavariya" yarim finalga chiqishga loyiqmidi? Ehtimol. Birinchi o‘yinda Xans-Diter Flik jamoasi juda ko‘p qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi va hujumni yakunlashda jiddiy muammolarga duch keldi. PSJning asosiy kuchi – driblingchi futbolchilar orqali bosimni engish. Nemis grandi safardagi o‘yinda juda zerikarli ko‘rindi. Pochettino esa “Bavariya”ga “Allianz Arena"dagi erkinlikni bermasdan, birinchi o‘yindanoq xulosa chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Albatta, Levandovski, Gnabri va Goretska bilan hammasi boshqacha stsenariy bo‘yicha ketishi mumkin edi, ammo PSJ optimal tarkibda o‘ynadi, ayniqsa Myunxenda. Har qanday holatda ham nemislarda yarim finalga chiqish uchun qulay imkoniyat bor edi. "Bavariya" ulardan foydalanmadi va buning uchun jazolandi.

112832_m.jpg

Nihoyat PSJ muammolarni hal qiladigan klubga aylanyaptimi?

PSJ ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi. Bir yil oldin Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoa bunga yuqori sifatli tashkiliy ishlar tufayli erishgan edi. Germaniyalik mutaxassis hatto Neymarni tarbiyalay oldi. Pochettino kelishi bilan yondashuv o‘zgardi. Frantsuzlar murakkab taktik sxemalardan voz kechishdi. Hozir yulduzlar himoyada yordam berishmaydi, bosim ham yo‘q, ammo futbolchilar maydonda haqiqiy mo‘jiza yaratmoqda. PSJ ko‘rsatayotgan futbol xuddi ko‘cha futboliga o‘xshaydi. U erda hech qanday murakkablik yo‘q - faqat texnika, tezlik va zarba. PSJ ayni damda Neymar, Mbappe va Di Mariyaning tezligi va texnikasidan to‘liq foydalanishga urinmoqda.

Darhaqiqat, PSJ hozir Frantsiya chempionatida peshqadam emas, ammo Chempionlar Ligasida parijliklar allaqachon "Barselona" va "Bavariya"ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Ammo Pochettino shogirdlarining ajoyib uslubi bu bilan to‘xtab qolmasligi kerak. Hozirgi PSJning Chempionlar Ligasida namoyish qilayotgan o‘yini "futbol" so‘ziga hamohangdir. Chempionlar Ligasi yarim finalida bunday jamoani ko‘rish juda yoqimli, chunki o‘tgan mavsum hal qiluvchi o‘yinlarda juda ko‘p murakkab taktik o‘yinlar bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!