
Rasman! "Sevinch" jamoasi ayollar Oliy ligasida chempionlikni rasmiylashtirdi
"Sevinch" jamoasi Oliy liga yakuniga ikki tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi! Qarshiliklar o‘z tarixida 14-bor oltin medallarga ega chiqishmoqda.
21 o‘yindan so‘ng klub 57 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rindagi "So‘g‘diyona-W" jamoasi hisobida 49 ochko mavjud.
Uchinchi o‘rindagi "Bunyodkor-W" bugungi mag‘lubiyati sabab "Sevinch" chempionlik masalasini muddatidan oldin hal qildi.
Fikrlar