Sambochi Nilufar Rahmonova karantin vaqtini qanday o‘tkazmoqda?

CHERY AUTO

  Mamlakatimiz sportchilarining karantin holatida qanday foydali mashg‘ulotlar bilan band ekanligi va  o‘z o‘rnida qay tarzda vaqtini unumli o‘tkazish kerakligi borasidagi tavsiyalarini berib borayotgan edik. Bu an’anani davom ettirgan holda, navbatdagi chempionimizning ushbu vaziyatda qanday ishlar bilan mashg‘ul ekanligi va yosh sportchilarimizga bergan o‘ziga xos tavsiyalari haqida hikoya qilamiz. Bu safargi “qahramon”imiz sambo ustasi Nilufar Rahmonova bo‘ladi. Shu o‘rinda ushbu yakkakurashchi vakilamiz haqida to‘xtalib o‘tishni lozim topdik:

nilll
  Nilufar 1997 yil 15 yanvarda Buxoro shahrida tavallud topadi. U 7 yoshidan boshlab, sambo bilan muntazam shug‘ullanishni boshlagan. 11 yoshidayoq o‘smirlar o‘rtasida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritadi. 15 yoshida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘olibasiga aylangan.O‘z ustida ishlashni davom ettirgan Rahmonova 2006 yildan 2018 yilga qadar ketma-ket O‘zbekiston chempioni, 2012 dan 2017 yilga qadar Osiyo chempioni, 2013-2017 yillar mobaynida bir necha bor jahon chempionati sovrindori, 2018 yil “Parij” Gran-Prisida sovrindor, 2018 yil Amerika ochiq chempionati g‘olibasi, 2018 yil Las-Vegasda o‘tkazilgan “Janob Olimpiya” turniri chempioni, 2019 yil Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan AQSh ochiq chempionati g‘olibasi,  2019 yil “A” toifadagi xalqaro turnir chempioniga aylana olgan. Bir so‘z bilan aytganda o‘zbek sambo olamida eng sovrindor vakilalarimizdan biridir.

  Albatta, hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi tufayli yurtimizda ham karantin holati joriy etilgan. Shu tufayli, barcha sportchilarimiz uy sharoitida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Jumladan, Nilufar Rahmonova ham aslo, hotirjamlikka berilayotgani yo‘q. U ham murabbiylarining onlayn ko‘rsatmalari orqali mashg‘ulotlar jarayonini davom ettirmoqda.

nilu

 Nilufar ayni kunda ham jismoniy holati ajoyib ko‘rinish olganligi, bu formani tushirib yubormaslik uchun tinmay mehnat qilayotganligi va ushbu pandemiya bartaraf etilib, katta musobaqalar yana start olsa, jahon arenalarida bundanda yuksak marralarni zabt etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganligini ta’kidlab o‘tdi.

 Shuningdek, yosh sportchilarimizga vaqtini unumli o‘tkazish uchun mashg‘ulotlarga zo‘r berish kerakligini, o‘ziga xos motivatsiya beradigan sportga oid filmlar tomosha qilishni, chempionlarga bag‘ishlangan umuman olganda ibratli kitoblar o‘qishni tavsiya qildi. Qolaversa, karantin qoidalariga amal qilgan holda ota-onasi bag‘ridan uzoqlashmay, uyda qolishni maslahat berdi. 

 Shu o‘rinda biz ham saytimiz ijodkorlari nomidan ushbu sportchimizning kelgusi faoliyatida omadlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

niluu

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!