Sem Ellardays o‘z jamoasiga qariya futbolchini olib kelmoqchi
“Kristal Pelas” jamoasining yangi bosh murabbiyi Sem Ellardays hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Sanderlend” a’zosi Jermeyn Defoni olib kelmoqchi.
O‘tgan mavsumda “Katta Sem” “Sanderlend”da ishlagan va Defoning tajriba hamda mahoratidan xabardor. 34 yoshli futbolchiga, shuningdek, “Vest Xem” qiziqish bildirgandi.
Ma’lumot uchun, Jermeyn Defoning “qora mushuklar” bilan amaldagi kelishuvi 2019 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi APLning 18 o‘yinida 8 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Sem Ellardays "Kristal Pelas"da Alan Pardyuning o‘rnini egallagandi.



Fikrlar