«Shapekoense» «sinmadi»! Aviahalokatdan omon qolgan yagona futbolchi hikoyasi!

  • 3 fevral, 2021, 13:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2016 yilning 28 noyabr sanasida” LaMia” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Boliviyadan ko‘tarildi. Bortida «Shapekoense» futbol jamoasidan tashqari jurnalist va mehmonlari bo‘lgan avialayner baxtsiz hodisa qurboni bo‘ladi. Halokatga uchragan 77 insondan faqat 6 nafari tirik qoladi. Samolyot ekipaji, styuardessa, bortmexanik va uch futbolchi. Alan Rushel, Jekson Folman va Neto tasodif sababli omon qoldi. Achinarlisi shundaki, Folman olgan jarohati sababli bir oyog‘idan mahrum bo‘ldi. Neto depressiyaga tushib qoldi va boshqa maydonga chiqmadi. Butun boshli jamoadan faqat Rushelgina futbolchilik faoliyatini davom ettirdi...

Tecno

Bu voqealar ko‘p o‘tmay, unut bo‘lib ketdi, biroq yaqinda «Shapekoense» Braziliya «B» ceriyasida g‘alaba qozondi. Og‘ir zarbadan so‘ng, o‘ziga kela boshlagan jamoa yana elitaga qaytdi.

Rushel va qolganlar qanday qilib tirik qoldi?!

3425345345

Mahalliy vaqt bilan 18:18 da samolyot havoga (ancha kechroq) ko‘tarildi. Yo‘lda yoqilg‘i quyib olishni maqsad qilgan uchuvchilarning rejalari barbod bo‘ldi. Oqibatda, Medelin uzra uchib o‘tishga qaror qilindi. Samolyot havoda o‘z harakat kartasini bir necha bor o‘zgartirdi.

Uchuvchilarning xatosi sababli Kolumbiya poytaxtiga yaqinlashgan havolayneri qulay boshladi. Avvaliga, bortdagi chiroqlar o‘chib qoldi. Styuardessalar jim. O‘rindiqdagi barcha qalqib ketdi. Salondagi yo‘lovchilarning qiy-chuvidan hech narsa eshitilmay qoldi.

2342342342

Rushel o‘sha mudhish daqiqalarni xotirlar ekan, bir nechta muhim voqealarni so‘zlab berdi.

«Men samolyotning dum qismida o‘tirgan edim. Menga oldinroqdan joy egallashim kerakligini aytishdi. Ular tomonga yo‘l oldim. Avvaliga, barcha futbolchilar yig‘ilib olgan joyga borishni istamadim, biroq Jekson Folmanni oldiga borib o‘tirdim. Aviahalokatdan bir necha daqiqa qolganida bortmexanik bizga himoya kamarlarini taqib olishimiz kerakligini aytdi.»

Mahalliy vaqt bilan 21:59 da Medelin osmonidagi baqir-chaqirlar o‘rnini sukunat egalladi. Samolyot Serro-Gordo tog‘iga borib urildi.

«Men ko‘zimni ochganimda, hech narsa ko‘rinmadi. Yomg‘irning shivirlari eshitilar, badanim sovuqni his eta boshladi. Atrofimdagilar yordam so‘rab ingrayotganini payqadim. Ularga qo‘shildim, biroq qaerda ekanligimizni eslay olmadim. Bundan bir necha daqiqa oldin o‘lishni istamagan edim. Shundan boshqasi yodimda yo‘q”.

12546456456

Baxtsiz hodisadan xabar topgan qutqaruvchilar uzoq muddat samolyotni qidirishga majbur bo‘ldi. Quyuq tuman tushganligi uchun ularni 4 soatda topishdi. Birinchi bo‘lib Rushelni qoldiqlar tagidan olib chiqishdi. Uning bir nechta suyagi singan, bosh qismida og‘ir jarohat bor edi. Futbolchi ko‘zini shifoxonada ochdi . Qanchalar urinmasin, nimalar bo‘lganini eslay olmadi. Doktorlar uni chuqur shok holatidan olib chiqish maqsadida voqealarni kichik detallar bilan bir necha kun davomida tasvirlab berishdi. Barchasi aniq bo‘lgach, Rushel juda yomon ahvolga tushib qoldi.

«Ochig‘i barchasini yomon tushga yo‘ygan edim. Haqiqatdan xabar topgach, ichimda bir nima uzilib ketgandek bo‘ldi. O‘rnimdan turmoqchi bo‘ldim, ammo ko‘z oldim qorong‘ilashib ketdi».

Netoni qutqaruvchilar halokatdan 8 soat o‘tib topishdi. Samolyot qoldiqlari ostida qolib ketgan futbolchini politsiya xodimlari payqab qoldi. Qahramonimiz shifoxonada o‘ziga kelgach, bir necha kun hech kim bilan gaplashmadi.

«Bizga o‘yin boshlanishi bilan muxlislar hujum qildi, deb o‘yladim. Chuqur shokka tushib qolganim uchun hech narsani eslay olmadim. Hozir eslashni istamayman. Yaratganning marhamati bilan yana hayotga qaytdim».

Tirik qolgan 3-futbolchiga taqdirning og‘ir zarbasi kelib tushdi. Uning hayoti uchun doktorlar bir necha hafta kurash olib bordi. Folman o‘ziga kelganida, u bir oyog‘i yo‘q nogironga aylanib bo‘lgan edi. Bularni engib o‘tish uchun u bir necha yil davomida ruhshunos yordamiga ehtiyoj sezdi.

1244444444

Bu voqea omma yuzini ko‘rgach, aviakompaniya ustidan arizalar kelib tushishni boshladi. Keyinroq, ma’lum bo‘lishicha, “LaMia” yoqilg‘i tejab qolish maqsadida xavfli qarorlar chiqarishga o‘rganib qolgan ekan. Boliviya hukumati kompaniyadan litsenziyani olib qo‘ydi. Rahbarlar jinoiy javobgarlikka tortildi.

Ular qaytdi!

Finalda «Shapekoense» bilan to‘qnash kelishi kutilgan «Atletiko Nasonal» sovrinni «jangsiz» topshirdi. Bu futbol olamining «Shapekoense» uchun bergan kichik bir in’omi sifatida yodda qoladi.

2017 yilni klub ijaraga olingan va yoshlar jamoasidagi futbolchilar bilan boshladi. Yanvar oyining o‘rtalarida «Palmeyras»ni qabul qildi. O‘yin durang natija bilan yakunlandi. Mudhish voqeadan so‘ng, klub muxlislari chehrasida ilk bor tabassum ko‘rindi...

O‘sha yilning aprel oyida klub Santa-Katrina shtati kubogini qo‘lga kiritdi. Keyin og‘ir kunlar boshlandi. 2019 yilga kelib jamoa ligada 19 o‘rinni oldi va «B ceriya»ga ravona bo‘ldi.

Joriy mavsumda «Shapekoense» o‘zida kuch topdi va hal qiluvchi turga qadar «Amerika Mineyro» bilan musobaqa jadvalini boshqarib keldi. Ikki klubda ham g‘alaba va duranglar soni bir xil edi. Hatto to‘plar nisbati ham. 38-turda barchasi hal etildi. «Mineyro» raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, «Shapekoense» 98 daqiqada «Konfiyans» darvozasiga 3-golni urdi. Yakunda 3:1 va «Shapekoense» elitaga yo‘l oldi.

32942394234

«B» seriya g‘olibligi uchun berilgan sovrinni 2016 yildagi voqealarni boshidan o‘tkazgan Alan Rushel boshi uzra baland ko‘tardi. Shu tariqa «Shapekoense» uchun yangi davr boshlandi. SPORTS.uz mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan Braziliya klubining kelajakdagi ishlariga omad va zafarlar tilab qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!