SPORTS.uz talqini bo‘yicha kuchli beshlik chempionatlarida hafta ramziy terma jamoasi

  • 5 yanvar, 2021, 22:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosh murabbiy: Ralf Xazenxyuttl (“Sautgempton”) (4-4-2)

“Sautgempton”ning omadi faqat avstriyalik mutaxassisda emasdi, ammo u Ingsning tezkor golini muvaffaqiyatli davom ettira oldi. Himoyadagi tartib orqali mersisaydliklarning hujumlari osonlik bilan bartaraf etildi. Ushbu g‘alaba tufayli “Sautgempton” 6-o‘ringa joylashdi. Ammo 4-o‘rindagi “Tottenxem”da ham xuddi shuncha ochko bor. “Manchester Yunayted” muxlislarini behad xursand qilgan murabbiyni tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinladik.

ralf

Darvozabon: Gregor Kobel (“Shtutgart”) 

“Shtutgart” “Leyptsig”ga qarshi o‘yinni minimal hisobda yutkazdi. Ammo shu holatda ham Kobel o‘yinning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlik qildi. Bahs mobaynida 23 yoshli darvozabon naqd 8 ta seyvni amalga oshirdi. Ularning 3 tasini superseyv, desak ham bo‘laveradi. Birinchi taymda Forsberg amalga oshirgan penaltini oyoqlari bilan qaytardi. Bir darvozabon jamoasi uchun qila oladigan barcha ishni shveytsariyalik posbon amalga oshirdi. Afsuski, darvozabonning seyvlari tufayligina hech bir jamoaga g‘alaba yozilmagan: gollar kerak!

gregor-kobel-vfb-stuttgart-1594043013-42853

Chap qanot himoyachisi: Kiran Tirni (“Arsenal”)

“To‘pchilar” joriy mavsumdagi eng chiroyli o‘yinlaridan birini “Vest Bromvich”ga qarshi o‘tkazdi. Yodingizda bo‘lsa, birinchi turda “Fulxem”ga qarshi o‘tgan bellashuv ham Arteta shogirdlarining to‘liq ustunligida o‘tgandi. Ushbu o‘yindan so‘ng, “kanonirlar”ni ba’zilar APL g‘olibligi uchun da’vogarlar qatorida ham tilga oldi. Ammo yarim mavsum yakunlanmasdanoq aytishimiz mumkinki, ular chempionlikdan ancha uzoqda. 

Ushbu g‘alabada 1 ta gol va assist bilan Kiran Tirni katta o‘rin tutdi. Himoyachi o‘z vazifasini ham unutmadi: “quruq” o‘yin!

0_GettyImages-1230396287

Markaziy himoyachi: Manuel Akanji (“Borussiya” Dortmund)

Dortmundliklar Bundesligada ushbu haftani xush kayfiyatda yakunladi. Markaziy o‘yinda “Volfsburg” ishonchli hisobda taslim etildi. Shveytsariyalik himoyachi esa, o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdan tashqari, gol ham urishga erishdi. “Arilar” ushbu bellashuvda 3 ochko ola bilmagan taqdirda, turnir jadvalidagi holati yana ham yomonlashib ketgan bo‘lardi. 

G-Akanji-Aktionsfoto-Mannschaft_bvbnachrichtenbild_regular

Markaziy himoyachi: Alessio Romanoli (“Milan”)

Italiyalik himoyachi o‘yinning katta qismini bir kishi kam bo‘lgan holda o‘tkazgan jamoasini 90 daqiqa qo‘llab turdi. U yuqorida nomini tilga olgan himoyachilarimiz kabi gol urmadi. Biroq, o‘z vazifasini mohirona bajardi. Ushbu g‘alaba “rossonerilar”ning peshqadamlikni saqlab qolishiga sabab bo‘ldi. 

GettyImages-1206230769

O‘ng qanot himoyachisi: Aaron Uan-Bisakka (“Manchester Yunayted”)

“Qizil iblislar”ning o‘ziga kelayotgandek ko‘rinayotgani quvonarli. Hozircha, g‘alaba qozonishi shart bo‘lgan uchrashuvlarda Sulsher shogirdlari deyarli qiyinchilikka duch kelmayapti. Aaron Uan-Bisakka esa, ushbu klub safida o‘zining hujumdagi faolligini ham yana bir karra oshirishga erishdi. Uning uzatmasi jamoasi g‘alabasiga yaxshigina hissa qo‘shdi. 

1278484879

Markaziy yarim himoyachi: Petr Zelinski (“Napoli”)

Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi neapolliklar ushbu haftada juda chiroyli va yirik g‘alabaga erishdi. Bunda polshalik yarim himoyachi tomonidan urilgan 2 ta gol katta ahamiyat kasb etdi. “Kalyari” o‘z tarkibida Evropa futbolining bir qator “veteran"larini to‘plagan jamoa hisoblanadi. 

Ta’kidlab o‘tish joizki, mezbonlar safidagi chetlatish ushbu gollar urib bo‘lingan bir paytda amalga oshirildi. 

piotr-zielinski-napoli-1588862780-38023

Markaziy yarim himoyachi: Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”)

Belgiyalik xavbek o‘zining nimalarga qodirligini eslashi uchun 2021 yil kirishi kerak bo‘ldi, chog‘i. Bungacha o‘tkazilgan hech bir turda Kevin bu qadar yorqin o‘yin namoyish etmayotgan edi. Markaziy bahsda “Chelsi” himoyasini parchalab tashlagan xavbek e’tirofga loyiq. 

En8CyM-WMAMG_Ry

Chap qanot yarim himoyachisi: Son Xyon Min (“Tottenxem”)

Koreyalik futbolchi Keyn bilan tashkil etgan “qotil tandem” Premer-liganing eng syurprizlarga boy jamoasi hisoblangan “Lids”ni tiz cho‘ktirishga muvaffaq bo‘ldi. Son o‘z golini Xarrining uzatmasidan so‘ng urdi. Ammo uning assisti bu gal Alderveyreldni tanladi. 

ST_20210103_SPURS03G4QC_6232769

O‘ng qanot himoyachisi: Bukayo Saka (“Arsenal”)

“Arsenal”ning muammosi bo‘lishi kutilayotgan etakchilarning jarohati, aksincha, barchasini ijobiy tomonga o‘zgartirib yubordi. Saka esa, yosh futbolchilarga tayangan “kanonirlar”ning eng xavfli quroliga aylandi. “Chelsi”ning so‘nggi bahslarda ko‘rsatayotgan o‘yini chindan ham qoniqarli emas. Lekin bir tur avval Arteta shogirdlari oson g‘alabaga erishmadi. O‘shanda ham Saka bosh qahramon obrazida edi. Uning navbatdagi qurboni “Vest Bromvich” bo‘ldi. 

0_GettyImages-1293200886

Markaziy hujumchi: Lautaro Martines (“Inter”)

“Nerradzurilar” oson bo‘lmagan g‘alabani tantana qildi. Hisobda ortda qolaturib, yirik hisobda zafar quchish o‘zgacha adrenalin bag‘ishlashi aniq. To‘g‘risi, shu kuni “Krotone” Milandan ochko tortib olib ketishga bor kuchi bilan harakat qildi. Afsuski, shu qadar katta ishtiyoq bilan boshlangan uchrashuv Lautaroning benefisiga to‘g‘ri kelib qoldi. Argentinalik vunderkind xet-trikka erishishdan tashqari, Marronening avtogolida ham 70 foiz ishni bajardi. 

16064959430463

Markaziy hujumchi: Robert Levandovski (“Bavariya”)

Yana kambek mavzusiga yuzlanamiz. Ramziy terma jamoamizning ikkinchi polshalik a’zosi jamoasini g‘alaba tomon etaklab keldi. “Oltin to‘p”ning amaldagi g‘olibi dubl va assist muallifi bo‘lgan holda, turnir to‘purarlar jadvalidagi yakkahokimligini yanada mustahkamladi. 14 ta tur ortda qolgan bir paytda 19 ta gol va 5 ta assist: fantastika!

bfu602wawmxxhwh7zswy

ECHL

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!