
Superliga. "Andijon" Jizzaxda "So‘g‘diyona"dan g‘alabani ilib ketdi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Andijon" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida golga Lyupche Doriev mualliflik qildi. Andijonliklarning ikki goli Rubin Xebay hamda Farhod Sohibjonov nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "burgutlar" 34 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi. 23 ochkosi bor "bo‘rilar" 10-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar