
Top-5 chempionatlarida to‘p surayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar o‘nligi e’lon qilindi
Xalqaro sport tadqiqotlar markazi (CIES Football Observatory) Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Ushbu ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan “Borussiya” Dortmund vingeri Jeydon Sancho joy oldi. Ayni damda uning transfer narxi 150,3 mln evroga baholanmoqda.
Kuchli uchlikdan esa Matteo Genduzi ("Arsenal" - 70,1) va Nikolo Dzanolo ("Roma" - 67,4) joy oldi.
1. Djeydon Sancho ("Borussiya" D) - 150,3 mln evro
2. Matteo Genduzi ("Arsenal") - 70,1
3. Nikolo Dzanolo ("Roma") - 67,4
4. Kay Xaverts ("Bayer") - 64,3
5. Deklan Rays ("Vest Xem") - 64,2
6. Janluiji Donnarumma ("Milan") - 59,4
7. Vinisius Junior ("Real") - 55
8. Djastin Klyuyvert ("Roma") - 44,3
9. Evan Ndika ("Ayntraxt") - 44,1
10. Rayan Sessenon ("Fulxem") - 43,5.
Fikrlar