
“Valensiya” iqtidorli himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
Ispaniyaning “Valensiya” klubi himoyachi Xose Gayya bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” 22 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan 2023 yilga qadar bo‘lgan shartnomani imzolashgan. Yangi kelishuvga ko‘ra Gayyaning tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Gayya asli “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2012 yil o‘z debyutini o‘tkazgan. U joriy mavsum La Ligada jami 34ta bahsda ishtirok etdi va jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar