Xitoyliklar Tevesni boy qilmoqchi yohud u “Shanxay Shenxua”ning 75 millionlik taklifiga rozi bo‘ldi
Argentinalik hujumchi Karlos Teves faoliyatini Xitoy superligasida davom ettirishga yaqin turibdi.
Mirror nashrining xabariga ko‘ra, 32 yoshli forvard tez kunlarda Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. E’tiborlisi, Tevesning yillik maoshi 37,5 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Teves o‘z vaqtida "Manchester Yunayted" (2007-2009), "Manchester Siti" (2009-2013) va "Yuventus" (2013-2015) kabi top klublarda o‘ynagan.



Fikrlar