Yakkakurashchilarimiz professional faoliyatlarini g‘alaba bilan boshladilar

CHERY AUTO

Aralash yakkakurash jang san’atlari ustalari o‘zbekistonlik Husniddin G‘aniev va Abdulbosid Yo‘lchiev professional faoliyatidagi janglarini muvaffaqiyatli boshlab olishdi.

Tecno

Sankt-Peterburg shahrida tashkil qilingan “Metamorfoza Fihting Championship” turnirida o‘zlarining debyut janglarini o‘tkazishdi.

yakkakurash

Tajribali MMA jangchisi Maksim Qo‘ldoshev murabbiyligi ostida mashg‘ulotlar olib borgan Husniddinga ilk to‘qnashuvda rossiyalik Andrey Trifonov raqiblik qildi va qiziqarli jangning 1-raund ikkinchi daqiqasida texnik nokaut bilan hamyurtimiz g‘alaba qozondi.

Abdulbosid esa debyut jangini qirg‘izistonlik Marat uulu Jakshilikka qarshi o‘tkazib, 2 raund yakuniga ko‘ra, raqibidan ochkolar bo‘yicha ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!