Yaya Ture "Manchester Siti"da qolishga tayyor

BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Yaya Ture “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin.

The Sun nashrining ma’lum qilishicha, 33 yoshli kot-d'ivuarlik futbolchi “Siti”ga o‘z xizmatlarini taklif qilishga tayyor. Faqat u buning uchun jamoa rahbariyatidan o‘zining kelgusi mavsumda tarkibdan barqaror joy olishini talab qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Ture joriy mavsum Xosep Gvardiola jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olganidan so‘ng mavsumni asosiy qismini zahira o‘rindig‘ida o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Yaya joriy mavsum premer-liganing 22ta turida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!