
Zeedorf shogirdlarini buqalarga o‘xshatdi
Ispaniyaning “Deportivo” klubi bosh murabbiyi Klarens Zeedorf “Eybar”ga qarshi La Liga 27-tur o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Xetafe”ga qarshi o‘yin oldidan tarkibni o‘zgartirish haqida o‘ylagandim. Hozir hayolan buqalarga o‘xshaymiz: jamoa kuch-quvvatga to‘la. Hujum chizig‘imiz meni xavotirga solmaydi. Oldinda bizni ko‘plab gollar kutmoqda”, – dedi gollandiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Deportivo” qatorasida 5 o‘yindan buyon gol urmayapti. So‘nggi marta jamoa 27 yanvar kuni “Levante” bilan o‘yinda (2:2) gol urgan edi. Zeedorf esa “Deportivo”ni 5 fevral kuni qabul qilib oldi.
Fikrlar