Zlatan boshqa sayyoradanmi?8

  • 22 fevral, 2021, 21:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shved balandparvoz so‘zlari bilan barchani o‘ziga qaratishga o‘rganib qolgan. Shunga qaramay, o‘zini bunday tutishi hech kimni hayron qoldirmaydi. Sababi, Ibra maydondagi harakatlari bilan so‘zlarini isbotlashga odatlangan. 39 yoshni «urib» qo‘ygan qahramonimiz o‘z gollari sonini 500 dan oshirib oldi. Ayni damda, A seriyaning 12 ta o‘yinida 14 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi. Bu gollar «rossonerilar»ni chempionlik kurashida qolishini ta’minlab turibdi.

Tecno

Uning uzoq davom etgan faoliyati haqida gap ketar ekan, birinchi navbatda «Manchester Yunayted» libosida yodga olish lozim.

2017 yilda futbolchi «qizil iblislar» safida og‘ir jarohat oldi. Mutaxassislar uni tez orada butsalarini mixga ilib yuborishi haqida fikr bildirishni boshladi.

kfookforekfo

Aslida, bunday jarohatlar 25-28 yoshdagi futbolchilarni ham sportdan ketishga majbur qiladi. Ibrahimovichning MLSga yo‘l olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, muxlislar shvedning Evropaga qaytmasligiga 100 foiz ishonch hosil qildi. Reja bo‘yicha, u bir mavsumdan so‘ng, tantanali ravishda futboldan ketishi kerak edi. Okean ortidagi 2 yil Ibrahimovichni yanada kuchliroq bo‘lishiga sabab bo‘ldi. AQShda kiritilgan 53 ta gol Zlatanni Evropada hali aytilmagan so‘zlari mavjud ekanligidan dalolat edi.

ekrgoerkogr

Qahramonimiz Evropaga qaytishga qaror qildi. «Rossonerilar» hujumchiga begona emas. 2011 yilda u «Milan»ga chempionlikni qo‘lga kiritishda yordam berib yuborgani yodimizda. Shved qaytib kelganda esa, avvalgi «Milan»dan asar ham qolmagan edi. Jamoa qarzga botgan, tarkibda nomdor futbolchilar yo‘q, o‘rtacha murabbiy va yangi rahbarlar.

U Italiyaga mavsum o‘rtasida ko‘chib o‘tdi. Boy tarixga ega «qizil-qoralar» bu paytda turnir jadvalining ikkinchi yarmida borayotgan edi. U kelganidan so‘ng, 16 o‘yinda 10 bora raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Milan»ni A seriyani 6-pog‘onada yakunlashiga hissa qo‘shdi. Omadsiz  start olgan mavsum shvedning transferi tufayli evrokubok yo‘llanmasi bilan yakunlandi.

Musobaqa so‘ngida, Ibra agar avvalroq kelganida, jamoa chempionlikni nishonlayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Yuqorida aytilganidek,  uning balandparvoz so‘zlarida haqiqat mavjud. Bu mavsumda Ibra etakchilik qilayotgan «Milan» chempionlikni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Zlatan yillar o‘tgani sari sof hujumchiga aylanib bormoqda. U jarohat sababli, o‘yinlarni o‘tkazib yubordi, ammo 14 gol bilan A seriya to‘purarlar poygasidan chiqib ketmadi. Undan oldinda Romelu Lukaku va Krishtianu Ronaldu bor xolos. Agar gol kiritish uchun sarflangan vaqtni inobatga olsak, Ibra nafaqat Italiyada, balki butun Evropada peshqadamlardan biri. U har bir o‘yinda o‘rtacha bir yarimta gol urmoqda. Soddaroq qilib aytganda, unga gol kiritish uchun har bir o‘yinda o‘rtacha 69 daqiqa kifoya. Bu statistika borasida Luis Suaresdan ancha ilgarilab ketgan. Urugvaylik hujumchi o‘rtacha gol kiritish uchun 90 daqiqa sarflamoqda.

ergkeorkgoerkg

Bu borada Ibra faqat Robert Levandovskidan orqada xolos. Yo‘llangan zarbalarning effekti borasida ham Zlatan sayyoramizning eng kuchli hujumchilaridan biri sanaladi. Uning darvozaga yo‘llagan zarbalarining 24,56 foizi golga aylanadi. Bu borada etakchilikni 30 foizlik sermahsullik bilan Son Xyon Min va Robert Levandovski egallab turibdi.

Qahramonimiz A seriyada to‘p surgan eng yoshi katta futbolchilar orasida 5-pog‘onani zabt etgan. Bu boradagi mutlaq rekord afsonaviy Italo Rossiga tegishli. Hujumchi 1951 yilning 8 aprel sanasida 52 yoshda (11 oyu 3 kunlik) yashil maydonda to‘p surgan. Agar yangi asrdagi futbolchilarga e’tibor qaratsak, Ibra Franchesko Totti va Serdjo Pellisega etib olish arafasida.

Kuchli beshlikdagi eng qariya hujumchilar haqida so‘z borsa, Ibra «Elche»dagi Ninodan ortda qolmoqda xolos. Ispaniyalik forvard 40 yoshda ham «La Liga»ning 10 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Zlatandan keyingi o‘rinlarda Xoakin, Goran Pandev, Rodrigo Palasio, Xorxe Molina, Fabio Kvalyarella hamda Frank Riberi bormoqda.

Xo‘sh, hujumchining bu qadar uzoq va sermahsul faoliyat olib borishining sababi nimada? Bu savolga tajribali futbol eksperti Gilem Balage quyidagicha javob beradi:

«U faqat meva va sabzavotlarni iste’mol qiladi. Go‘shtni o‘zi uchun kerakli joyini tanlab oladi. Pitstsa faqat bayramlardagina dasturxonga tortiladi. Uning ratsionida shakar umuman yo‘q. qo‘shimchasiga, taekvondo bilan hozirgacha shug‘ullanadi. Eng muhimi, u hali-hamon sahnada bo‘lishdan lazzat olmoqda. Futbol uning hayoti. Shu bois, sahnadagi umri uzoq bo‘lishi uchun Zlatan qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi. Shu omil uni yillar o‘tsada o‘yin darajasi tushib ketmasligini ta’minlab turibdi».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!