Fazliddin G‘oibnazarov Las-Vegasda jang qiladi

  • 13 sentabr, 2018, 10:16
  • 0
  • Boks

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, bugungi kunda professional boksda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Fazliddin G‘oibnazarov 20 oktyabr kuni o‘zining oltinchi jangini o‘tkazadi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasidan xabar qilishlaricha Fazliddinning navbatdagi raqibi amerikalik Uilbert Lopes bo‘ladi. Ushbu jang Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 2 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etgan. Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko‘proq. U professional ringda 34 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!