
APL. Mersisayd derbisida “Liverpul” ishonchli tarzda “Everton”ni taslim qildi
Angliya chempionati 30-turida “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Everton” futbolchilarini qabul qildi.
Mersisayd derbisi maqomida o‘tgan uchrashuvda “qizillar” 3:1 hisobida zafar quchdi. G‘oliblar safida Sadio Mane, Filippe Koutino va Divok Origi gollarga mualliflik qildi. “Everton”ning yagona golini Pennington kiritdi.
Liverpul – Everton 3:1
Gollar: 1:0 – 8 Mane, 1:1 – 28 Pennington, 2:1 – 31 Koutino, 3:1 – 60 Origi.
Liverpul – Minole, Matip, Klayn, Lovren, Koutino (Aleksander-Arnold, 74), Veynaldum, Firmino, Leyva, Mane (Origi, 57), Jan, Milner.
Everton – Robles, Pennington (Berri, 67), Uilyams, Djagelka, Beyns, Devis (Valensiya, 66), Guye, Barkli, Xolgeyt, Lukaku, Kelvert-Lyuin (Miralyas, 82).
Ogohlantirishlar: Devis (26), Barkli (40), Uilyams (62), Jan (68).
Fikrlar