"Ayaks" umidli futbolchisidan ayrilib qoldi (foto, video)

  • 15 iyul, 2017, 09:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bundan bir necha kun muqaddam Avstriya maydonlarida futbol tarixidagi yana bir mudhish voqea sodir bo‘ldi. Aniqrog‘i, ushbu davlatda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Ayaks" Bremenning "Verder" klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi. O‘yin paytida amsterdamliklarning 20 yoshli yarim himoyachisi Abdulhaq Nuri birdan o‘zini nohush his qila boshladi va maydonga quladi. 

Tecno

Shifokorlar darhol maydonga tushishdi va 15 daqiqalik tibbiy yordamdan so‘ng u vertolyot yordamida kasalxonaga yuborildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, futbolchining bosh miyasida og‘ir hastalik aniqlangan. Ming afsuski, yosh, iqtidorli futbolchi endi butun umr yurolmasligi, gapirolmasligi va xatto odamlarni taniy olmasligi ham mumkin.

Dunyoning mashxur futbolchilari yosh futbolchini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ular orasida Luis Suares, Frank Riberi, Devi Klassen, Uesli Sneyder va Arda Turan kabi futbolchilar borligi taqsinga sazovar.

Kecha futbolchi Avstriya shifoxonasidan Amsterdamga, o‘zi tug‘ilib o‘sgan uyga olib kelindi. E’tiborlisi, uni qo‘llab-quvvatlash uchun minglab ishqibozlar ko‘chaga chiqishdi. Kimlardir ko‘z-yoshlarini yashira olmayapti, yana kimlarnidir qalbida chuqur iztirob.

Yakunlangan mavsum juda yosh tarkibga ega bo‘lishiga qaramay ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan "Ayaks" barchani birdek quvontirgan edi. Abdulhaq Nuri ham mana shu tarkibda bir nechta muhim uchrashuvlarni o‘tkazishga muvoffaq bo‘lgan va jamoasining yutuqlariga o‘z hissasini qo‘shgan edi. 

Qisqa qilib aytganda shuni aytish mumkinki, "Ayaks" o‘zining eng umidli futbolchilaridan birini yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, Nuri o‘tgan mavsum amsterdamliklar safida jami 45ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga muvoffaq bo‘lgan.

Quyida Abdulhaq Nurining faoliyatidagi eng yorqin lahzalarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!