Dibala: Messining terma jamoaga qaytishini barchamiz xohlaymiz, ammo...

  • 20 noyabr, 2018, 12:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi forvardi Paulo Dibala “Barselona” hujumchisi Lionel Messining tezroq “albasetlar” tarkibiga qaytishiga umid qilayotganini aytdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Argentina terma jamoasidagi faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatgan edi.

“Biz hammamiz Messining terma jamoaga qaytishini xohlaymiz. U bizga naqadar muhimligini yaxshi bilamiz. Ammo, qarorni uning o‘zi qabul qiladi.

Hozirgi jamoada yosh futbolchilar juda ko‘p va ularga muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega”, - deydi Dibala.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!