Kellini "Yuventus" safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar beshligiga kirib oldi

  • 25 noyabr, 2018, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjio Kellini kecha A Seriyaning 13-turida SPALga qarshi bahsda ishtirok etdi.

Tecno

Ushbu bahs 34 yoshli italiyalik futbolchi uchun “keksa sinora” safidagi 483-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, Kellini shu tariqa Roberto Betteguni ortda qoldirdi va “Yuve” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar beshligiga kirib oldi.

Endi undan oldinda faqatgina Juzeppe Furino (528), Gaetano Shirea (552), Janluiji Buffon (656) va Alessandro Del Pero (705) kabi futbolchilar borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Kellini “Yuventus” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U shu kungacha o‘z hisobiga 34ta gol hamda 23ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!