
"Real" EChL finali uchun yakuniy qaydnomasini e’lon qildi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL finali uchun jamoa qaydnomasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Navas, Kasilya, Luka Zidan, Karvaxal, Valexo, Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Teo, Xakimi, Kroos, Modrich, Kazemiro, Lorente, Asensio, Isko, Kovachich, Sebalos, Ronaldu, Benzema, Beyl, Lukas Vaskes va Mayoral hal qiluvchi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Esatib o‘tamiz, “Real” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi final bahsi 26 may kuni Kievda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar