"Real" Ronalduning ozodligi uchun kurashga kirishdi

  • 7 dekabr, 2016, 09:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Real" klubi rahbariyati Krishtianu Ronalduning olti yil muddatga qamalishini ta’minlovchi ma’lumotlar topilgani e’lon qilinganidan so‘ng o‘z etakchisining ozodligi uchun kurashga kirishdi.
 
Madrid klubi rahbariyati Ronaldu soliq majburiyatlarining barchasini to‘laqonli bajarganini, bu Ispaniya soliq xizmati hujjatlarida qayd etilganini ta’kidlamoqda.
 
- Keyingi paytda Ronalduning soliq mojarolariga aralashib qolgani haqidagi xabarlar urchib bormoqda, - deyiladi "Real" matbuot xizmati tarqatgan bayonotda. - Biroq, Ispaniya soliq xizmatining hujjatlarida Krishtianu Ronaldu barcha majburiyatlarini bajargani o‘z isbotini topgan. Bizning futbolchimizga nisbatan hurmat bilan munosabat qilinishini istaymiz. Ronaldu uzoq yillardan buyon har jihatdan hammaga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
 
Ispaniya moliya mutaxassislari uyushmasi bosh kotibi Xose Mariya Molinedo moliyaviy firibgarliklar tufayli Krishtianu Ronaldu olti yilga qamalishi kerakligini ta’kidlamoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!