Rishod Sobirov rahbarlik lavozimiga tayinlandi
 

Toshkentda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu majlisda mamlakatimizda dzyudoni yanada ommalashtirish, sportchilarimizni xalqaro maydonda yuksak natijalaga erishishi uchun etarli sharoit yaratish, mahoratli dzyudichilarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Atoqli polvonimiz Olimpiada chempionini tayyorlamoqchi (foto)

Bundan tashqari, O‘zbekistnn dzyudo federatsiyasi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi. Federatsiya vitse-prezidenti Armen Bagadsarov o‘z o‘rnida qoldi. Yana ikki vitse-prezident lavozimini Dmitriy Adisman va Shavkat Mo‘minov egalladi.

Yana bir muhim yangilik. Olimpiya o‘yinlarining uch karra sovrindori va ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi etib tayinlandi.

- Bu vazifaga meni loyiq ko‘rishgani sharaf, - deydi Rishod Sobirov. - Men dzyudoni yanada rivojlantirishga bor kuch-quvvatimni bag‘ishlayman. Asosiy maqsadimiz 2020 yili Tokioda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida yuqori natija qayd etadigan dzyudochilarni tayyorlashga qaratiladi.

SPORTS.uz

Matnda xatolik topsangiz, o'sha xatoni belgilab, bizga jo'nating (Ctrl + Enter)