Ana xolos! “Milan” 24 yoshli darvozabonini 40 yoshli darvozabonga rokirovka qildi
Italiyaning “Kalyari” jamoasida faoliyat olib borayotgan 40 yoshli darvozabon Marko Storari yana “Milan” darvozasini qo‘riqlaydigan bo‘ldi.
Calcio Mercato nashrining ma’lum qilishicha bugun bo‘lib o‘tadigan “Kalyari” va “Milan” jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan “rossonerilar” sport direktori Adriano Galliani darvozabon Storarini yana “San-Siro”ga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endi u mavsumni “Milan”da yakunlaydi.
Shuni qo‘shimcha qilish kerakki milanliklar kelishuvga ko‘ra “Kalyari”ga o‘zining 24 yoshli darvozaboni Gabrielni mavsum so‘ngiga qadar beradigan bo‘ldi. Endi braziliyalik golkiper “Kalyari”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi tabiiy.

Ma’lumot uchun, Marko Storari 2007-2010 yillarda aynan “Milan” jamoasi sharafini himoya qilgan.
Avvalroq esa “Yuventus” “rossonerilar”ning 17 yoshli darvozaboniga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.



Fikrlar