"Bunyodkor" OChL-2017 pley-offining birinchi o‘yinini safarda o‘tkazadi
Xabaringiz bor, kecha OChL-2017 guruh bosqichlariga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra Oliy Ligada ikkinchi o‘rinni egallagan "Bunyodkor" pley-offdan o‘z yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu bosqichda "qaldirg‘ochlar" Sardor Rashidov to‘p tepayotgan Qatarning "Al Jaish" klubiga qarshi harakat qiladigan bo‘lishdi.
Mazkur jamoalarning birinchi bahsi 2017 yil 7 fevralda Qatar poytaxti Dohada o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Jaish” – “Bunyodkor” juftligi g‘olibi “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni), “Zob-Ahan” (Eron) va “Al-Ayn” (BAA) jamoalari bilan “S” guruhini to‘ldiradi.



Fikrlar