“Bunyodkor” PSJni mag‘lub etgan o‘yindan fotolavhalar
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan “Supermokh Cup 2016” turniri qizg‘in pallasiga kirdi.
2002 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasidagi bahslarda chorak final o‘yinlari o‘tkazildi. Unda Sergey Chigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi U-14 yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilari Frantsiyaning PSJ jamoasi bilan kuch sinashdi.
Murosasiz kurashlar ostida o‘tgan “Bunyodkor” – PSJ bahsida hamyurtlarimiz zafar quchishdi. O‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobidagi durang qayd etilganidan so‘ng yosh qaldirg‘ochlar penaltilar seriyasida bitta to‘p farqi bilan g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.













Fikrlar