Fayzullaev Urugvayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Quvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur bahsda jarohat olgan Abbosbek Fayzullaev Urugvayga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda O‘FA rasmiy kanali xabar berdi.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Quvaytga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, Fayzullaev Urugvayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborashi ma’lum bo‘ldi. Futbolchimizga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz", — deyiladi assotsiatsiya bayonotida.
Ma’lumot uchun, 13 oktyabr kuni Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.



Fikrlar