Ispaniya terma jamoasida to‘p surgan futbolchi 27 yoshida faoliyatini tugatdi

  • 7 dekabr, 2016, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Madridning "Atletiko" klubida tarbiyalangan va ispan futbolining eng iqtidorli vakillaridan bo‘lgan Alvaro Dominges 27 yoshida futbol bilan xayrlashdi.
 
So‘nggi yillarda Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasida o‘ynagan futbolchi belidagi jarohati tufayli sportdan ketishga majbur bo‘ldi.
 
- Keyingi yillarda jismoniy holatim talabga javob bermay qoldi, - dedi Alvaro Dominges. - Shunga qaramay, maydonga tushaverdim va buning oqibatida belimdan ikki marotaba operatsiya qilishdi. Natija kutilganidek bo‘lmadi va nogiron bo‘lib qolmaslik uchun faoliyatimga shu erda nuqta qo‘yishga majburman.
 
O‘z vaqtida Ispaniya terma jamoasida ham to‘p surgan bu futbolchi 2012 yili "Borussiya"ga ko‘chib o‘tgan edi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!