Jahon Kubogi va Karles Puyol yana Toshkentga keladi!

  • 19 may, 2022, 17:02
  • 0
  • Futbol

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladigan yilda O‘zbekiston "FIFA World Cup Trophy Toyr by Coca-Cola" loyihasini o‘zida qabul qilishdan mamnun. Yil yakunida o‘tkaziladigan Mundial oldidan O‘zbekiston ushbu tarixiy kubok sayohat qiladigan dunyoning 51 mamlakatlaridan biri ekanligi katta sharafdir.

2022 yil o‘zbek futboli uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yil ko‘plab muxlislarni ruhlantiradigan va quvonchiga sabab bo‘ladigan futbol yurtimizga kirib kelganining 110 yilligi nishonlanmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizga va futbolimiz hamjamiyatiga bildirilayotgan bunday ishonch yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, sportning futbol turiga qaratilayotgan e’tibor natijasidir.

FIFA, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda Coca-Cola muxlislar uchun ana shunday festival tashkil etish, futbol bo‘yicha Jahon kubogini ko‘rish imkoniyatini taqdim etish borasidagi o‘zaro hamkorlikdan mamnun. 6 iyun kuni Kubok taqdimotida shuningdek, Jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol ishtirok etishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!