
Legionerlarimiz. Aziz Ibragimov to‘liq o‘ynagan bahsda “Mashina Sozi” mag‘lub bo‘ldi
Bugun Eron Pro ligasida 27-tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga etdi. Hamyurtimiz Aziz Ibragimov faoliyat olib boradigan “Mashina Sozi” jamoasi bu tur o‘z maydonida “Persepolis”ni qabul qildi.
Mazkur bahsda mehmonlar tajriba bobida ustunlik qildilar va safardan 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib qaydtilar. Ibragimov o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
Mazkur turdan so‘ng “Mashina Sozi” 16 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi va kelgusi mavsumni quyi ligada boshlaydigan bo‘ldi.
Eron Pro ligasi. 27-tur
“Mashina Sozi” – “Persepolis” 0:2.
Fikrlar