Mareska Sterling va yana ikki futbolchini o‘z rejalariga kiritmayapti
Entso Mareska Raxim Sterling va tarkibda ko‘rinish bermayotgan bir nechta futbolchilar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Mavsumning boshidan beri ba’zi o‘yinchilarni ko‘rmadim: Renatu Veyga, Aksel Disasi, Raxim Sterling. Sababi ular boshqa vaqtda va boshqa maydonda mashq qilishadi.
Ular "Chelsi" o‘yinchilari, sanab o‘tganlarimning klub bilan shartnomasi bor. Hozir ham ular alohida-alohida mashq qilishmoqda. Maqsad shu yo‘nalishda davom etishdir.
- Ularning asosiy tarkibga qaytish imkoniyati bormi?
- Biz bilan birgami? Yo‘q, - dedi "Chelsi" murabbiyi.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" APLning 4-turi doirasida "Brentford" mehmoni bo‘ladi.



Fikrlar