Messi: Shuni olmasdan ketmayman!

  • 12.01.2023 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi  Lionel Messining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Amaldagi jahon chempioni Evropada qolishga qaror qildi. Shu bois, Messi o‘ziga jiddiy qiziqish bildirib kelayotgan “Inter Mayami” taklifini qabul qilmaydigan bo‘ldi.

Taniqli jurnalist Dani Xil Lionel Messi yana bir bor Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni rejalashtirmoqda va aynan mana shu ishtiyoq uni “ko‘hna qit’a”da ushlab turibdi.

Hozircha, PSJ rahbariyati 35 yoshli futbolchini o‘z safida olib qolishni istamoqda va u bilan yangi bitim muhokamasiga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!