"Paxtakor-79" jamoasi ushbu sanada oxirgi o‘yinini o‘tkazgan

  • 8 avgust, 2020, 17:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1979 yil 8 avgust kuni "Paxtakor" afsonaga aylangan tarkibi bilan so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan.

Tecno

8 avgust sanasida o‘tgan bellashuvda Toshkentda Voroshilovgradning "Zarya" jamoasi 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgan. Dastlab Mixail An burchakdan uzatgan to‘pni Viktor Churkin boshi bilan darvozaga yo‘llagan. 22-daqiqada raqibdan Vladimir Zavarov hisobni tenglashtirgan. 26-daqiqada esa Konstantin Bakanovning uzatmasidan so‘ng Vladimir Fyodorov ham boshi bilan gol muallifiga aylanadi. Ikkinchi bo‘limda Mixail Churkindan to‘pni qabul qilib olgan Aleksandr Korchyonov jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg‘ol qilgan. Ushbu g‘alaba tufayli "Paxtakor" oxirgi 5 uchrashuvning 4 tasida g‘alaba qozonib, 5 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgandi. Biroq 13 avgustga belgilangan navbatdagi o‘yin uchun Minskka etib borish jamoaga nasib etmagan. 8 avgust kuni muxlislar o‘sha tarkibning so‘nggi uchrashuviga guvoh bo‘lishgandi.

"PAXTAKOR" - "ZARYa" - 3:1 (2:1)

1979 yil, 8 avgust. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 32000 tomoshabin.

Gollar: Churkin 9, Fyodorov 26, Korchyonov 57 - Zavarov 22.

"Paxtakor": Pokatilov, Sobirov, Ashirov, Agishev, Zagumennix, Korchyonov, Bakanov (Kulikov, 75), An, Makarov (Eshbo‘taev, 46), Fyodorov, Churkin.

"Zarya": Knyazev, Polukarov, Maligin, Ignatenko (Naydenko, 60), Rabochiy, Sorokalet, Kuznetsov, Olenev (Ivanov, 65), Kolesnikov, Kuksov, Zavarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!