"Real"ni kuchaytiradigan futbolchi topildi!

  • 31 dekabr, 2021, 19:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Defensacentral nashri xabariga ko‘ra, Madridning "Real" klubi nihoyat yozgi transfer oynasi uchun yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha o‘zining asosiy transfer maqsadiga aniqlik kiritib oldi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Ayaks"ning yosh yarim himoyachisi Rayan Gravenberch yozda “qirollik klubi”ning markaziy chizig‘ini kuchaytirishga nomzodlar orasida mutlaq favoritga aylangan.

Qayd etilishicha, madridliklar allaqachon uning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Niderlandiyalik futbolchining agenti Mino Rayola hisoblanadi. Uning “Ayaks” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!