
Ronaldu A Seriyada raqib darvozasi tomon eng ko‘p zarba yo‘lladi, ammo...
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu vaziyatlarni golga aylantirish bo‘yicha A Seriyada eng yaxshi ko‘rsatgichni qayd eta olmadi.
35 yoshli portugaliyalik futbolchi yakunlangan mavsum raqiblari darvozasiga jami 138 ta zarba yo‘lladi, ammo to‘purar bo‘lolmadi.
Ronaldu yo‘llagan 138 ta zarbadan bor yo‘g‘i 31 tasi gol bilan yakunlandi xolos. 119 ta zarba yo‘llagan "Latsio" hujumchisi Chiro Immobile esa 36 ta gol bilan to‘purar bo‘ldi.
Fikrlar