Ronaldu endi bor kuchini maydonda emas, komikslarda ko‘rsatadi

  • 19 iyun, 2020, 12:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Bombora” nashiriyoti Krishtianu Ronaldu bosh qahramon sifatida tasvirlangan komikslarni nashrga tayyorlamoqda.

“Udarnaya sila” deb nomlangan komiksda Ronaldu super qahramonga aylanadi.

- Komiksda “Yuventus” hujumchisi o‘zini o‘zi gavdalantirgan. Syujetga ko‘ra, unga sayyorani yovuz kuchlardan qutqarish va jinoiy guruhlarni ta’qib qilish uchun super qahramonlar guruhiga qo‘shilishni taklif etishadi, - deyiladi bayonda.

- Men doim super qahramonlarning fanati bo‘lganman. Ular ham xuddi futbol singari xalqlarni birdamlikka chorlaydi. Men mamnuniyat bilan yangi loyihada super qahramonlar va futbolni birlashtirib, muxlislarni xushnud etaman, - deydi Ronalduning o‘zi.

1200_1200_max_3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!