Ronaldu Messini ortda qoldirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Marca" nashri o‘z o‘quvchilari orasida tarixdagi eng yaxshi futbolchini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Pley-off formatida o‘tgan so‘rovnoma finalida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messilar o‘zaro duch kelishdi. Yakunda esa portugaliyalik futbolchi 54 % ovoz bilan so‘rovnomada g‘olib bo‘ldi. Argentinalik yulduzni esa so‘rovnomada ishtirok etganlarning 46 % ovoz berdi.

Final yo‘lida Ronaldu Paolo Maldini, Zinedin Zidan va Diego Maradonalarni, o‘z navbatida Messi Ferents Pushkash, Alfredo Di Stefano va Ronaldolarni ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!