Ronaldu raqib jamoa a’zosi bilan suratga tushishni istamadi va uni itarib yubordi (FOTO)
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turidan o‘rin olgan “Al-Xalij”ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng u bilan selfiga tushishga uringan raqib jamoa a’zosini turtib yubordi.
Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng 38 yoshli portugaliyalik futbolchi mehmon jamoa futbolchilari bilan suhbatlashdi va ulardan biriga futbolkasini sovg‘a qildi.
Ammo “Al-Xalij” klubi a’zolaridan biri maydonni tark etayotgan paytda Ronalduni quchoqlab, u bilan selfi tusha boshlaganida, Krishtianu uni itarib yubordi va uning tanasidan qo‘llarini olishiga ishora qildi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida so‘nggi 4 ta o‘yinda bor yo‘g‘i 1 ta gol urdi.

Fikrlar