Sanjar Tursunov Xaviga qarshi o‘ynadi
Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 11-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to‘p tepadigan "Al-Xaritiyat" jamoasi o‘z maydonida ispaniyalik mashhur futbolchi - Xavi faoliyat olib boradigan "As-Sadd"ni qabul qildi.
Ushbu o‘yinda Xavi va uning jamoadoshlari 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Qayd etish joiz, Tursunov ham, Xavi ham ushbu o‘yinda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Qatar Yulduzlar ligasi. 11-tur
"Al-Xaritiyat" - "As-Sadd" 0:4.



Fikrlar