“Spartak” Depayni Moskvaga olib kelmoqchi
Moskvaning “Spartak” klubi “Manchester Yunayted”ning gollandiyalik yarim himoyachisi Memfis Depay borasida muzokaralarni boshladi.
Moskvaliklar rahbariyati shartnoma bandlari borasida kelishib olish uchun futbolchining o‘zi bilan aloqaga chiqishgan. Bu haqda Tribal Football nashri xabar tarqatmoqda.
Avvalroq esa “Spartak” 22 yoshli Depayni mavsum so‘ngiga qadar ijaraga olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar