
Tomas Bax Kobi Brayantning vafoti yuzasidan hamdardlik bildiradi
“Kobi ajoyib inson va haqiqiy Olimpiada chempioni edi. U insonlarning hayot tarzini o‘zgartirish uchun sportning kuchidan foydalandi. Kobi faoliyatini yakunlaganidan keyin ham Olimpiya harakati tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasini qo‘llab-quvvatladi. Biz uning energiyasi va kamtarona tabiatini sog‘inamiz. Fursatdan foydalanib, Kobi va boshqa qurbonlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib qolamiz”, – dedi Tomas Bax.
Ma’lumot uchun, afsonaviy basketbolchi 26 yanvar kuni shaxsiy vertolyotida aviahalokatga uchrab, 41 yoshida hayotdan ko‘z yumgan edi Achinarlisi, uning yonida 13 yoshli qizalog‘i ham bo‘lgan. Kobi Brayant faoliyati davomida Pekin-2008 va London-2012 yozgi Olimpiya o‘yinlarida AQSh terma jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar