Xoland qaysi ligada o‘ynashini aytdi

  • 2 yanvar, 2022, 16:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Sport Mediaset" nashri xabar berdi. 

21 yoshli futbolchi Rojdestvo bayramini Ispaniyaning Marbelya shahrida o‘tkazdi. 

Muxlislar norvegiyalikni tanib, uning kelajagi haqida savol berishdi. Xoland ularga: "Men shu erda, Ispaniyada o‘ynayman", - deya javob qaytardi.

Avvalroq, La Ligada hujumchiga ikki klub - "Real" va "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalayotgan edi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!