Omadli raqam

“Ovozli portal” hizmatidan foydalanish  haqidagi mijoz kelishuvi

1. Shartnoma predmeti

 

1.1. Mazkur mijoz shartnomasining predmeti (keyingi o‘rinlarda – Kelishuv) Toshkent sh. Istiqbol ko‘chasi, 15 uy manzilida joylashgan, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatishga berilgan 2014 yil 6 fevraldagi 0006090-son litsenziyasiga asosan faoliyat yurituvchi,"ovozli portal" egasi bo‘lgan “Lux Content” XK (2014 yil 24 iyulda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar hokimiyati qoshidagi tadbirkorlik subektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan, Guvohnoma №2014360, INN:303012274, tel. +998 71 233-32-55) (keyingi o‘rinlarda – Tashkilotchi) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan aloqa operatori abonenti (keyingi o‘rinlarda – Mijoz) o‘rtasidagi Mijozga kiska rakamlardagi ovozli portaldagi xizmatlari ko‘rsatish hissoblanadi.

1.2. Mazkur Kelishuvda quyidagi tushunchalar ishlatiladi:

“ Kiska rakamdagi ovozli portal xizmati” – ovozli kiska rakamda joylashgan  portaldan foydalanish;

“aksiya” – Tashkilotchi tomonidan Mijozlar orasida Xizmatdan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida bepul o‘tkaziladigan yutuqli o‘yinlar;

“Abonent raqami” – telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi Kelishuv tuzishda uyali aloqa operatori tomonidan Foydalanuvchiga beriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam bilan boshqa abonent qurilmalari bog‘langanda telefon tarmog‘iga ulangan abonent qurilmasi ushbu raqam orqali aniqlanadi.

“Xizmat raqami” – bu xizmatni taqdim qilish uchun mobil aloqa operatori tomonidan taqdim etiladigan maxsus qisqa raqam (Beeline-2000 ovozli kiska rakami va 5454 sms kiska rakami, Ucell-555 ovozli kiska rakami va 5454 sms kiska rakami, Perfectum-0720  ovozli kiska rakami va 5454 sms kiska rakami, Uzmobile-5555 ovozli kiska rakam va 1424 sms kiska rakamiUMS -7777 ovozli kiska rakami va 77777 sms rakami);

“Tashkilotchi” - “Lux Content” XK;

“Tarif” - ushbu Kelishuv ilovasida ko‘rsatilgan "Ovozli portal" bo‘yicha xizmatlar qiymati.

“Foydalanuvchi” – jismoniy shaxs, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan uyali aloqa operatorining abonenti;

“Xizmat” - tarif rejasiga muvofiq pullik asosda kiska rakamlardagi ovozli portaldagi xizmatlardan foydalanish imkonini berish. 


2. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Ushbu Kelishuv Foydalanuvchi tomonidan X  kodli SMS-xabar yuborish (bu erda X eki boshka xarflarni), servis raqamga mavjud bo‘lmagan kod bilan SMS-xabar yuborish yoki ovozli qo‘ng‘iroq yoxud USSD so‘rov orqali bitimni aktseptlash orqali  ovozli portaldan foydalanish istagini bildirgan Foydalanuvchiga ovozli kiska rakamida joylashgan Xizmatini ko‘rsatish qoidalari va shartlarini belgilaydi.

2.2. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnomaning 2.1-bandida ko‘rsatilgan SMS-xabarni yuborish quyidagilarni anglatadi:

Foydalanuvchining mazkur Kelishuvning barcha bandlari talablariga so‘zsiz roziligini va uning zimmasiga mazkur Kelishuv bilan yuklatilgan majburiyatlarga rioya qilgan holda Kelishuvning talablarini so‘zsiz qabul qilishini;

Tashkilotchi va Foydalanuvchining uyali aloqa operatori o‘ratsida imzolangan shartnomaga ko‘ra Tariflarga muvofiq Foydalanuvchining abonentlik hisobraqamidan pul mablag‘larini echib olishga Foydalanuvchining so‘zsiz roziligini;

Mazur Kelishuvni to‘liq va so‘zsiz aktseptlashni, ushbu Kelishuvning shartlarini bilmaslik yoki ular bilan tanishmaganlik uning shartlariga rioya qilinmagan taqdirda Foydalanuvchini javobgarlikdan ozod qilmaydi.     

2.3. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra Kelishuvni va/yoki Tariflarni o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Tashkilotchi ushbu Kelishuvning matni, Kelishuvning va tariflarning o‘zgarganligi va/yoki qo‘shimcha kiritilganligi haqidagi ma’lumotlarni ushbu o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalar kuchga kirishidan 1 kun oldin Foydalanuvchiga SMS-xabar orqali yuboradi. 

Kelishuvning amaldagi matni va unga kiritilgan o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalar  Internet tarmog‘idagi https://sports.uz saytda 2019 yil  3 oy davomida mavjud bo‘ladi. 

2.4. Foydalanuvchi Tashkilotchi tomonidan Kelishuvga va/yoki Tariflarga kiritilgan o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalar bilan rozi bo‘lmasa, Foydalanuvchi  «STOP X» matnini yoki 1 raqamini SMS-xabar orqali servis raqamiga yuborish eki ovozli kiska rakamiga kungirok kilish erdamida shaxsiy kabinet orkali yoxud koll-markazga (78 140 0501) qo‘ng‘iroq qilish orqali Xizmatdan foydalanishni bekor qilishga haqli.

2.5. Foydalanuvchi tomonidan Ushbu Kelishuvning 2.4-bandiga ko‘rsatilgan SMS-xabarning yuborilmasligi Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanishni davom ettirishni anglatadi. 

2.6. Kelishuvga har qanday o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritilgandan so‘ng Foydalanuvchi tomonidan  ovozlik portaldan foydalanish Foydalanuvchining ushbu o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalar bilan roziligini anglatadi.

2.7. Ushbu Kelishuvning matnidagi o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalar bilan o‘z vaqtida tanishish uchun Foydalanuvchi doimiy ravishda, bir oyda kamida bir marta ushbu Kelishuvning matni bilan tanishishga majbur.

 3. Tashkilotchining huquq va majburiyatlari

3.1. Tashkilotchining majburiyati Foydalanuvchiga ovozli portaldan foydalanish imkonini yaratish xisoblanadi. 

3.2. Tashkilotchi o‘ xohishiga ko‘ra  ovozli portal orkali xizmat kursatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 

3.3. Tashkilotchi istalgan paytda Foydalanuvchining roziligini olmasdan mazkur Kelishuvni bir taraflama o‘zgartirishga haqli.

3.3. Xizmatni ommalashtirish, Foydalanuvchilar e’tiborini jalb qilish maqsadida Tashkilotchi aksiya o‘tkazishga haqli. Aktsiyani o‘tkazish tartibi ushbu Kelishuvning __ bo‘limi bilan bilan belgilanadi. 

3.4. Tashkilotchi Foydalanuvchilarga Kelishuvga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi, Xizmat haqida tashkiliy-texnik yoki boshqa ma’lumotlar aks etgan  SMS-xabarlarni yuborishga haqli.

3.5. Tashkilotchi uchun Xizmat ko‘rsatish jarayonida quyidagi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi:

3.5.1. Foydalanuvchilarning roziligini olmasdan ularning uy manzillari, telefon raqamlari va boshqa shaxsiy ma’lmotlarni joylashtirish;

3.5.2. Foydalanuvchiga virus va boshqa zararli dasturlardan iborat har qanday fayllarni yuborish;

3.5.3. Jinoiy faoliyatni tavsiflash yoki targ‘ibot qilish, jinoiy harakatlarni amalga oshirish yo‘riqnomalarini joylashtirish.

 

4. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari 

4.1. Foydalanuvchi Xizmatdan faqatgina qonuniy maqsadlarda foydalanishga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, shuningdek, Tashkilotchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishga majbur.

4.2. Foydalanuvchi Tashkilotchiga har qanday tovarlar yoki xizmatlarni reklama qilish mazmunidagi SMS materiallarni yubormaslikka majbur.

4.3. Foydalanuvchi  «STOP X» matnini yoki 1 raqamini SMS-xabar orqali servis raqamiga yuborish, ovozli portal shaxsiy kabinet orkali yoxud koll-markazga (78 140 0501) qo‘ng‘iroq qilish orqali Xizmatdan foydalanishni bekor qilishga haqli.

Foydalanuvchining rad javobini olgandan so‘ng Tashkilotchi Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni qisqa raqamli ovozli portal Xizmatidan o‘chiradi, shuningdek, uni Tashkilotchi tomonidan o‘tkaziladigan aktsiyalardan chiqaradi. 

4.4. Foydalanuvchi Aktsiyalarda ishtirok etish uchun kiska rakamdagi ovozli portal  xizmatiga obuna bulishi kerak.

4.5  18 yoshga to‘lgan Foydalanuvchi voyaga etmaganlarning Xizmatdan foydalanishi uning nazorati ostida amalga oshirilishini va voyaga etmagan shaxslarning Xizmatdan foydalanishi Foydalanuvchining nazorati ostida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Kelishuvda belgilangan cheklovlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishini kafolatlaydi. 

4.8. Foydalanuvchi ushbu Kelishuvda belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishga majbur.

 

5. Xizmatni olish qoidalari va shartlari

5.1. Xizmat doirasida Tashkilotchi Foydalanuvchilarga pullik asosda Tariflarga muvofiq ovozli portaldan foydalanish imkonini taqdim etadi. Ushbu "Ovozli portal" xizmati abonentlari uchun aksiya o‘tkazilayotgan paytda "ovozli portal" xizmatidan mutlaqo bepul taqdim etiladi. Aksiya 01.11.2019ga qadar davom etadi va aksiya yakunidan 3 kun oldin abonentlarga sms tariqasida "Ovozli portal" pullik asosda xizmat ko‘rsatish haqida va kunlik to‘lov narxi (UCELL abonentlari uchun 505.20 so‘m/kun) borasida ogohlantiriladi.

5.2. Xizmat haqi Foydalanuvchining abonentlik hisobraqamidan Tashkilotchi va Foydalanuvchining uyali aloqa operatori o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq undiriladi.

5.3. Foydalanuvchi uchun Xizmatlar narxi Internet tarmog‘idagi  www.luxcontent.uz va http://sports.uz/page/tariff saytlarida 2019 yil 1 dekabrga qadar joylashtiriladi, keyinchalik ushbu ma’lumot arxivga joylashtiriladi. 

5.4. Xizmat doirasida Tashkilotchi Foydalanuvchiga bir haftada bir marta SMS xalqaro va lokal doiradagi sport ma’lumotlarini yuborishi mumkin.

5.5. Taraflar Foydalanuvchining abonentlik raqamida pul mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda Tashkilotchi Foydalanuvchiga Xizmatlar ko‘rsatishga majbur emasligiga kelishdi.

5.6. Xizmatlar narxi, ularning mazmuni, muddatlari va to‘lov muddatlari ushbu Kelishuvning 2.3-bandida ko‘rsatilgan tartibda Foydalanuvchini keyin ogohlantirgan holda Tashkilotchi tomonidan bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin.

5.7. Ushbu Kelishuvning 2.1-bandida belgilangan Xizmatga ulanganda Foydalanuvchi u  kiska rakamda joylashgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi bilan kelishadi.

5.8. Mazkur Kelishuv taraflari kiska rakamdagi ovozli portalga obuna bulgan paytdan boshlab Xizmat bajarilgan hisoblanishi haqida kelishib olishdi. 


6. Javobgarlik. Javobgarlikni cheklash

6.1. Xizmat QANDAY KO‘RINIShDA BO‘LSA, ShUNDAY TAQDIM etiladi
va Tashkilotchi u haqda hech qanday kafolat taqdim etmaydi. 

6.2. Tashkilotchi  ovozli portali ichidagi xizmatlarni 100 foiz muvofiqligi uchun javobgar bo‘lmasligini Foydalanuvchi anglaydi. 

6.3. Xizmatning butunlay yoki qisman Foydalanuvchilar kutgan shaklda muvofiqligi uchun, Foydalanuvchining Unikal kodi aktsiyalar va turli o‘yinlarga kirishni ta’minlovchi darajada saqlanishi uchun, qurilma yoki dasturiy ta’minotdagi uzilishlar sabab Foydalanuvchi ko‘rgan zarar uchun Tashkilotchi javobgar hisoblanmaydi.  

6.4. Tashkilotchi Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlardan ta’magirlik maqsadlarida foydalanmaslik majburiyatini oladi va ushbu ma’lumotlar oshkor etilmasligini kafolatlaydi.  

Nazorat qiluvchi davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabiga asosan, Tashkilotchining bunday ma’lumotlarni oshkor qilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra hamda lozim darajadagi xizmatlar ko‘rsatish maqsadida uning majburiyati hisoblangan hollarda Tashkilotchi tomonidan oshkor qilinishi yuqoridagi shartning buzilishi hisoblanmaydi.

6.5. Foydalanuvchi o‘zining Abonent raqami saqlanishi va uning yo‘qotilishi yoki begona shaxslar tomonidan foydalanilishi natijasida etkazilgan zarar uchun to‘liq javobgar hisoblanadi. Foydalanuvchining Abonent raqamiga uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirganlik oqibatida kelib chiqqan zarar uchun Tashkilotchi javobgarhisoblanmaydi va ushbu zararni qoplamaydi. Foydalanuvchining Abonent raqamidan foydalanish bilan bog‘liq har qanday harakatlar Foydalanuvchining harakati sifatida e’tirof etiladi. Foydalanuvchi Abonent raqami orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun to‘liq javobgar hisoblanadi. Foydalanuvchi uning abonent raqami orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

6.6. Aloqaning sifati, uyali aloqa operatorlari ishi, Internet tarmog‘i sifati, shuningdek, Internet provayderlarining ishi sifati hamda Foydalanuvchining qurilmasi va dasturiy ta’minoti bilan ishlashi, shuningdek, Tashkilotchi bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha holatlar va ularning salbiy oqibatlari yuzasidan Tashkilotchi javobgar hisoblanmaydi. 

6.7. Foydalanuvchining yoki boshqa shaxslarning elektron qurilmalariga, mobil qurilmalariga. Har qanday boshqa qurilmalariga yoki dasturiy ta’minotiga  Xizmatdan foydalanish bilan bog‘liq etkazilgan har qanday zarar uchun Tashkilotchi javobgar hisoblanmaydi. 

6.8. Tashkilotchi hech qanday holatda xizmatdan foydalanish bilan bog‘liq holda Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslar oldida har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, qasddan bo‘lmagan harakatlar oqibatida etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda yoki ma’lumotlarning yo‘qotilishi, sha’n, qadr-qimmatga, ishchanlik obro‘siga etkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi. 

 6.9. Tashkilotchi Foydalanuvchi ovozli portal ichidagi  xizmatlari orqali oladigan ma’lumotning mazmuni va qonuniyligi, ishonchliligi yuzasidan Foydalanuvchi yoki har qanday uchinchi shaxslar oldida javobgar hisoblanadi. 

6.10. Tashkilotchi Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvda belgilangan qoidalar va shartlarning buzilganligi uchun javobgar hisoblanmaydi va o‘z xohishiga ko‘ra, shuningdek har qanday uchinchi shaxslardan Foydalanuvchi tomonidan ushbu kelishuvda belgilangan qoidalar va shartlarning yoki uchinchi shaxslarning huquq
va erkinliklari buzilganligi haqida ma’lumot olgan taqdirda Tashkilotchi Foydalanuvchini ogohlantirib yoki ogohlantirmasdan Foydlanuvchini Xizmatga kirish imkoniyatini to‘xtatib qo‘yishga, cheklashga yoki bekor qilishga haqli bo‘lib, buning uchun Foydalanuvchiga etkazilishi mumkin bo‘lgan har qanday zarar uchun javobgar hisoblanmaydi.

 

7. Aktsiyani amalga oshirish shartlari

7.1. Foydalanuvchilarni Xizmatdan foydalanishlarini rag‘batlantirish maqsadida Tashkilotchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra aksiya o‘tkazilishi mumkin. 

7.2.kiska rakamdagi ovozli portal Xizmatini faollashtirgan barcha Foydalanuvchilar aktsiyaning itirokchilari hisoblanishadi.

7.3. Quyidagilarning aktsiyada ishtirok etishi taqiqlanadi: Tashkilotchining xodimlari, vakillari, shuningdek, bunday xodimlarning oila a’zolari; pudratchi kompaniyaning xodimlari, vakillari, shuningdek, bunday xodimlarning oila a’zolari, agar bunday pudratchi kompaniya Tashkilotchi tomonidan jalb qilingan bo‘lsa, har qanday boshqa yuridik shaxslarning xodimlari va vakillari, shuningdeK, Aktsiyani tashkil etish va/yoki o‘tkazishga aloqador bo‘lgan boshqa har qanday shaxslar, shuningdek ularning oila a’zolari. aksiya g‘olibi aniqlanganda G‘olibning ushbu bandda sanab o‘tilgan shaxs ekanligi aniqlanganda, Tashkilotchi takroriy aktsiyani o‘tkazish huquqini o‘zida qoldiradi.

7.4. Sovg‘a tariqqasida quyidagilar belgilangan:

7.4.1. Asosiy sovg‘a: XIAOMI 7 telefonlari va XIAOMI soatlari.

7.5. Tashkilotchi aksiya o‘tkazilayotgani haqida www.luxcontent.uz rasmiy sayti yoki http://sports.uz/ hamkor sayt orqali yoxud boshqa usullar bilan e’lon qilishi mumkin.

7.6. Tashkilotchi Aktsiyaning saytida yoki boshqacha usulda e’lon qilgan holda uning shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Agar kiritilgan o‘zgartirishlarda boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular e’lon qilingan paytdan boshlab darhol kuchga kiradi. 

7.7. Aktsiyani o‘tkazishning muddati davomida  ovozli portal Xizmatidan Foydalanuvchining Abonent raqami faol holatda bo‘lishi va  ovozli portal xizmatini faollashtirgan bo‘lishi lozim.

7.8. G‘olib ushbu bo‘limga muvofiq Aktsiyada qatnashish uchun zarur harakatlarni amalga oshirgan Foydalanuvchilar orasidan tanlanadi. 

7.9. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuvning 4.3-bandida nazarda tutilgan SMS-xabarning yuborilishi Foydalanuvchining aktsiyada ishtirok etishdan avtomatik tarzda chiqarib yuborilishini anglatadi. 

7.10. Aktsiyani o‘tkazish sanasi va g‘olibni e’lon qilish Tashkilotchi tomonidan belgilanadi va bu haqda http://sports.uz/ saytida ma’lumot joylashtiriladi yoki Foydalanuvchiga SMS-xabar yuboriladi.

7.11. Tanlov sports.uz saytida  abonent raqamlarini taxminiy aniqlash tizimi (Randomizer)  vositasida yoki maxsus baraban vositasida o‘tkaziladi.

7.12. Ushbu tasodifiy golibni aniklash dasturi orkali aniklangan abonent aksiya g‘olibi deb e’lon qilinadi. 

7.14. G‘olibni aniqlash jarayoni sports.uz saytida real vaqt davomida (live) translyatsiya qilinadi.  

7.15. G‘olibni e’lon qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya davomida, shuningdek, ma’lumotni http://sports.uz/ saytida ma’lumot joylashtirish yoki Foydalanuvchiga SMS-xabar yuborish orqali amalga oshiriladi. 

7.16. Sovg‘a ushbu aktsiyada g‘olib bo‘lgan Foydalanuvchiga tashkilotchining Toshkent shahridagi ofisiga topshiriladi. Sovg‘ani topshirish sanasi va aqti uning abonent raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS-xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi. 

7.17. Agar aksiya g‘olibi u g‘olib sifatida e’lon qilingan kundan boshlab Tashkilotchiga 6 kalendar kun davomida murojaat qilmasa yoki boshqacha tarzda Sovg‘ani olishdan bosh tortsa, ushbu fakt Ishtirokchining Sovg‘ani olishdan bosh tortishi deb topiladi. Bunday hollarda Tashkilotchi tanlovni qaytadan o‘tkazadi yoki Sovg‘ani o‘zining tasarrufida qoldiradi. 

7.18. Aktsiyaning tashkilotchisi taqdim etiladigan Sovg‘aning sifati uchun javobgar hisoblanmaydi. 

7.19. Sovg‘ani olayotganda g‘olib pasporti nusxasini, propiskasi haqidagi ma’lumotlarni, soliq to‘lovchi identifikatsion raqamini (STIR), uyali aloqa xizmat ko‘rsatish shartnomasini taqdim etadi. G‘olib tomonidan sanab o‘tilgan hujjatlar uning g‘oibligi e’lon qilingan sanadan boshlab 6 ish kuni davomida berilmagan taqdirda sovg‘a unga topshirilmaydi va Tashkilotchi tanlovni qaytadan o‘tkazadi yoki sovg‘ani o‘zining tasarrufida qoldiradi.  

7.21. G‘olib Sovg‘aning qiymatini pul shaklida berilishini talab qilishga haqli emas. 

7.22. Agar Tashkilotchi Aktsiyani o‘z nomidan o‘tkazsa, G‘olibning nomidan va uning topshirig‘i bilan Sovg‘a shaklidagi boshqa daromad uchun jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lash soliq agenti sifatida e’tirof etiladigan Tashkilotchi tomonidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 178-moddasi 8-bandiga asosan). Aks holda G‘olib tegishli soliqlarni to‘lashni o‘z zimmasiga oladi.

7.23. G‘olib uning g‘olibligini aniqlashdan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga topshirishga haqli emas.

7.24. Tashkilotchi Aktsiyaning g‘olibi qilgan xarajatlarni yoki zararni qoplash majburiyatini olmaydi.

7.25. Tashkilotchi Foydalanuvchi tomonidan Aktsiyaning shartlari haqidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida olinmagani va to‘liq emasligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

7.26. Aktsiyada ishtirok etish fakti Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini topshirishga va qayta ishlashga, aksiya davomida va u yakunlangandan keyin ham Tashkilotchidan SMS-xabarlar, reklama yoki boshqa ma’lumotlar  olishga rozilik berganini anglatadi.

7.27. aksiya g‘oliblari sovg‘ani olish bilan bog‘liq xarajatlarni mustaqil tarzda qoplashadi (shu jumladan, mobil aloqa to‘lovlari, internetga ulanish xarajatlari, transport xarajatlari va b.).

7.28. aksiya g‘olibi bo‘lgan Foydalanuvchi Tashkilotchi tomonidan uning familiyasi, ismi va sharifi, zarurat tug‘ilganda fotosuratlari, boshqa suratlari, video va audio materiallari reklama maqsadlarida foydalanilishiga rozilik bildiradi. 

7.29. aksiya Tashkilotchisi uni o‘tkazish qoidalarini buzgan har qanday Foydalanuvchini Aktsiyada ishtirok etishini man qilish huquqiga ega.

 

8. Yakuniy qoidalar

8.1. Tashkilotchi va Foydalanuvchi o‘rtasidagi ushbu Kelishuv va munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi va talqin qilinadi. Kelishuv bilan tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan hal etiladi. 

8.2. U yoki bu sabablarga ko‘ra ushu Kelishuvning qaysidir shartlari haqiqiy emas yoki yuridik kuchga emas deb topilsa, bu Kelishuvning boshqa shartlari haqiqiyligi yoki ularning qo‘llanilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

8.3. Mazkur Kelishuv noma’lum muddatga amal qiladi va servisga kiruvchi va undan foydalanuvchilarga, ushbu kelishuv nashr qilingunga qadar va servisda nashr qilingandan keyin ham amal qiladi.

8.4. Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 367-moddasiga asosan ommaviy oferta hisoblanadi. Foydalanuvchining ushbu Kelishuv shartlari bilan roziligi aktset asosida amalga oshiriladi.

8.5. Taraflar ularning ushbu Kelishuv bilan tartibga solingan munosabatlaridan kelib chiquvchi barcha nizolar nizolarni hal qilishda sudgacha talabnoma-da’vo tartibiga rioya qilingan holda Tashkilotchi joylashgan joydagi vakolatli sud tomonidan hal etilishiga kelishib olishdi.

8.6. Xizmat bilan bog‘liq barcha e’tirozlar, savollar yoki takliflar Tashkilotchiga info@luxcontent.uz sayti orqali yuborilishi mumkin. Tashkilotchiga e’tiroz bilan murojaat qilishda Foydalanuvchi ushbu e’tirozning asosliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi, shuningdek, o‘zining servisdagi ro‘yxatga olish raqamlarini taqdim etishi lozim.

8.7. Mazkur Kelishuv uzbek tilida tuzilgan.