
Italiya Kubogi. Tottining 97-daqiqadagi goli “Roma”ni yarim finalga olib chiqdi
Italiya Kubogi chorak finalida “Roma” jamoasi o‘z maydonida quyi divizion vakili “Chezena”ni qabul qildi.
Mazkur bellashuv ancha qizg‘in va kurashlarga boy kechdi. O‘yin yakunida, aniqrog‘i 90+7-daqiqada rimliklar sardori Franchesko Totti tomonidan penaltidan kiritilgan gol “Roma”ni yarim finalga olib chiqdi.
Roma – Chezena 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 68 Jeko, 1:1 – 73 Garritano, 2:1 – 90+7, penalti Totti.
Roma – Alisson, Manolas, Jezus (Nainggolan, 46), Mariu Ruy, Ryudiger, Perotti (Jeko, 21), Paredes, El-Shaaravi (Emerson, 82), Strotman, Bruno Peres, Totti.
Chezena – Alyardi, Ridjone, Lidji, Rentsetti, Pertikone, Laribi (Garritano, 57), Kone, Vitale, Baltsano, Chiano (Kokko, 73), Rodriges (Paniko, 86).
Ogohlantirishlar: Laribi (44), Garritano (69), Rodriges (84), Manolas (90).
Комментарии