
Roberto Firmino mast holda qo‘lga tushdi
“Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Roberto Firmino spirtli ichimlik ta’siri ostida avtomobilni boshqargani uchun bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum etildi.
Bundan tashqari, 25 yoshli braziliyalik futbolchi 20 ming funt miqdorida jarimaga tortildi. Kecha uning ishtirokida sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda futbolchining turmush o‘rtog‘i ham qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, 24 dekabr kuni Firmino Liverpul shahrida mast holda qo‘lga tushgan.
Комментарии