Chery gibrid bozorni egallamoqda: 1600 kmgacha zahira yo‘l bosish masofasi va O‘zbekistondagi katta istiqbollari!

TIGGO 2 PRO

1997-yilda tashkil etilganidan beri Chery Group mustaqiltexnologik innovatsiyalar tamoyiliga amal qilib keladi. Dastlabki yillarda Chery o‘zining birinchi dvigatelini ishlab chiqishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi. Keyinchalik Avstriyaning AVL kompaniyasi bilan hamkorlikda ilg‘or dvigatellarning bir necha avlodi yaratilib, e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Yangi energiya davrining kelishi bilan Chery gibrid sektorning asosiy ishtirokchisiga aylandi. Uning beshinchi avlod CSH (Chery Super Hybrid) texnologiyasi DHE (Dedicated Hybrid Engine) va DHT (Dedicated Hybrid Transmission) innovatsion gibrid dvigatellari bilan jihozlangan. Zahira yo‘lbosish masofasi standart sharoitda 1600 km ga yetadi, real sharoitda esa 2300 km dan ortadi. Turli iqlim sharoitlarida sinovdan o‘tkazilgan CSH tizimi ajoyib samaradorlikni namoyish etdi.

Bugungi kunda Chery gibrid texnologiyalardayetakchilikka intilib, jahon bozoridagi ishtirokini faol ravishdakengaytirmoqda. 2024-yilda Chery rekord darajadagi sotuvlarga erishdi – 2,6 million dona avtomobillar, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 38,4 foizga ko‘pdir. Ushbu muvaffaqiyat brendning texnologik rivojlanish va innovatsiyalarga intilishini tasdiqlaydi.

Image

Gibrid sohadagi global muvaffaqiyatni hisobga olgan holda, Chery 2025-yilda O‘zbekiston bozorida ham gibrid modellarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Mazkur holat Chery’ga nafaqat jahon avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida o‘z mavqeini mustahkamlash, balki ilg‘or texnologiyalar vayuqori tejamkorlikka ega avtomobillarni taklif qilish orqali O‘zbekistondagi raqobatdosh ustunligini sezilarli darajada kuchaytirish imkonini beradi. 2 300 km gacha bo‘lgan zahirayo‘l bosish masofasi va har qanday sharoitda ishonchliligi bilan Chery gibrid modellari qulaylik, innovatsiya va samaradorlikni uyg‘unlashtirgan holda mahalliy bozorda kuchli raqobatchig aaylanadi.

Bunday hayratlanarli muvaffaqiyatga o‘z texnologiyalariniyaratish va takomillashtirish ustida ko‘p yillik mehnat tufaylierishildi. Gibrid sohadagi yetakchilik yo‘li kompaniyaningdastlabki, unchalik oson bo‘lmagan qadamlaridan boshlandi.
 
Novator: 1997-yildagi mustaqil yutuqli burilish

Dvigatel – bu avtomobilning "yuragi" va Chery boshidanoq o‘zining kuch agregatini yaratish zarurligini tushunib yetgan. Mablag‘, texnologiyalar va xodimlar yetishmasligiga qaramay, Chery kompaniyasi raisi In Tun’yue muhim bo‘lgan qaror qabulqildi: "Avval dvigatel, keyin avtomobil".
1997-yilda Uxudagi zavodda birinchi dvigatelni yaratishloyihasi boshlandi. Chizmalar, patentlar va yo‘lga qo‘yilgan ta’minot zanjiri yo‘qligi sababli, Chery jamoasi 500 kun ichida noldan ishlab chiqarish liniyasini qurdi. 1999-yil 27-aprelda birinchi qismlar yig‘ildi va o‘sha kuni kechasi u o‘ziningbirinchi dvigatelini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Mazkur voqea Chery tarixida muhim bosqich bo‘ldi va uning mustaqil innovatsiyalarga bo‘lgan sadoqatini mustahkamladi.

Image

O‘zining dvigateli Chery kompaniyasiga avtomobil ishlabchiqarishni boshlash imkonini berdi. 1999-yil 18-dekabrda uning birinchi avtomobili konveyerdan chiqarilishi, Chery’ning ham dvigatellar, ham avtomobillarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish qobiliyatini tasdiqladi.
 
Innovator: 2002-yilda tadqiqot tizimining shakllanishi

Dastlabki muvaffaqiyatlardan so‘ng Chery o‘ziningtexnologik ishlanmalarini tizimlashtirdi. 2002-yilda u birinchi avlod dvigatellarini yaratish uchun AVL bilan hamkorlikka deyarli 1 milliard yuan sarmoya kiritdi.
Ushbu sarmoya "ta’lim uchun to‘lov"ga aylandi – Chery muhandislari GDI (benzinni bevosita purkash), TCI (oraliqsovutishga ega turbo bosim ostida havo haydagich) va VVT (klapanlarning o‘zgaruvchan ishlash vaqti) texnologiyalarini o‘zlashtirib, uchta seriyadagi 18 dona dvigatellarni ishlab chiqishda faol ishtirok etdilar. Bunday yondashuv global tajribani mahalliy sharoitlarga moslashtirish imkonini berdi vakeyingi texnologik yutuqlarga zamin yaratdi.

Image

2005-yilda Chery to‘liq o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilganNEF1 dvigatelini taqdim etdi.

Quvvati 87 kVt (6000 ayl/daq) va aylanish momenti 147 Nm (4300 ayl/daq) bilan u muhimmuvaffaqiyatga aylandi. Keyinchalik ACTECO dvigatellarininguchinchi avlodi, jumladan, Tiggo 7’dagi 1.6TGDI uni jahonraqobatchilari darajasiga olib chiqdi. Honeywell, BorgWarner vaSchaeffler komponentlaridan foydalangan holda, Chery texnologiya va sifatda sezilarli yutuqlarga erishdi.
2024-yilda AVL vakillari Chery dvigatelsozlik sohasida ilg‘or jahon darajasiga chiqqanini ta’kidladilar. Uning dvigatellari Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda sertifikatlangan bo‘lib, 80 ta hududga eksport qilinmoqda, ularning umumiy yetkazib berish hajmi esa 1,2 million donadan oshdi. Shogirdlikdan boshlanib texnologik yetakchilikkacha bo‘lgan o‘tish yo‘li Chery kompaniyasining global muvaffaqiyatini tasdiqlaydi.
 
Yetakchi: 2024-yilda ustunlik qilish

Dunyoning yangi energetikaga o‘tishi bilan Chery o‘ziningtexnologik ishlanmalarini yoqilg‘i, gibrid, elektr va vodorod yechimlarini qamrab olgan holda kengaytirdi. Gibrid sektorda u CSH – beshinchi avlod gibrid tizimini ishlab chiqish uchundvigatellarni yaratish bo‘yicha 27 yillik tajribasidan foydalandi.
CSH issiqlik foydali ish koeffisiyenti 44,5 foiz bo‘lgan1.5GDI bilan jihozlangan bo‘lishi jahon standarti hisoblanadi. Transmissiyada quvvat yo‘qotishlarini kamaytiradigan va samaradorlikni oshiradigan sohadagi birinchi pog‘onasiz super elektr gibrid DHT texnologiyasi qo‘llaniladi. CSH yuqorisamarali batareyalar bilan birgalikda standart sharoitlarda 1600 km gacha zahira yo‘l bosish masofasini ta’minlaydi.

Image

Har qanday sharoitda ishonchlilikni kafolatlash uchun beshinchi avlod PHEV texnologiyasi turli iqlim hududlarida – Yaqin Sharq cho‘llaridan tortib Sibir sovuqlari va Janubi-Sharqiy Osiyoning nam tropiklarigacha bo‘lgan yerlarda sinovdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, tizim megapolislarda sinovdan o‘tkazildi va ortiqcha yuklangan shahar sharoitida1200 soatdan ortiq ishlashga bardosh berdi.
2024-yilda Xitoy jahon avtomobil sanoatida yetakchilikni mustahkamlab, 31,3 million dona (jahon bozorining 34,1 foizi) avtomobil sotishga erishdi. Yangi energiya sohasida u jahon bozorining 69,6 foizini egallaydi va patentlarning 66,8 foiziga egalik qiladi. Chery asosiy avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida ajoyib ko‘rsatkichlarni namoyish etdi: yillik sotuvhajmi 2,6 million donadan oshdi, eksport 1,14 million donanitashkil etdi, yangi energiya quvvatli avtomobillar sotuvi esa232,7 foizga o‘sib, 583 569 donani tashkil etdi.
CSH ishga tushirilishi bilan Chery global gibrid sanoatidakatta yutuqlarga erishdi. Kelajakda u ilg‘or texnologiyalarnirivojlantirish, ularni hamyonbop qilish va butun dunyo bo‘ylabmillionlab foydalanuvchilar uchun qulay harakatlanish vabarqaror turmush tarzini ta’minlaydigan ekologik tozayechimlarni yaratish niyatida.
 
O‘zbekistondagi Chery avtomobil brendining rasmiydistribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhitomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
 

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/ 
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Комментарии

Для написания комментариев пройдите авторизацию