
“Obod”ning ikkala tarkibi ham g‘alaba qozondi
Kecha xabar berganimizdek, bugun “Obod” jamoasining ikkala tarkibi ham nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Kunning birinchi yarmida Vyacheslav Tigay boshchiligidagi o‘rinbosarlar raqibini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, tushdan so‘ng asosiy tarkib a’zolari "NBU-Osiyo"ni yirik hisobda taslim etdi - 5:1.
Ertadan mashg‘ulotlar yana kuniga ikki mahaldan davom ettiriladi. 4 fevral kuni “Obod” navbatdagi nazorat uchrashuvini "Qizilqum"ga qarshi o‘tkazadi.
Nazorat uchrashuvi
OBOD - NBU-OSIYo - 5:1 (2:0)
1 fevral. Toshkent. "Obod" maydoni.
Bosh hakam: Sultonmurod Ulfatov.
"Obod": Umidjon Yorbekov (Azamat Ahmedov), Farhod Mirahmatov (Mirshohid Olimov), Abror Xusinov (Javlon Iskandarov), Sardor Qahhorov (Abbos Po‘latov), G‘ayrat Umirov (Jahongir Ahmadov), Sanjar Rihsiboev (Sardor Rasulov), Shohruz Norxonov (Sherzod Jalilov), Anvar G‘ofurov (Islom Saidov), Pavel Solomin (Navro‘z Haipov), Doniyorbek Hasanov (Farrux Haydarov), Sunnat Ermatov (Sanjar To‘raqulov).
Gollar: Navro‘z Haipov (2ta), Shohruz Norxonov (penaltidan), Sanjar Rihsiboev, Sherzod Jalilov - Jahongir Musulmonov.
Комментарии