Boks. Bugun Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldarov Rossiyadagi turnirda ringga chiqadi

  • 15 may, 12:03
  • 0
  • Boks

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Rossiya FederatsiyasiningXabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov xotira turniri” bo‘lib o‘tmoqda. Dasturga ko‘ra, kun davomida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi keyingi davra yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Nurseit Ashirmamatov (Qirg‘iziston)
-54 kg: Hasanboy Do‘smatov - Vyacheslav Mirzaev (Rossiya)
-71 kg: Iqboljon Xoldarov - Dmitriy Kolomoes (Rossiya)

Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqaning dastlabki kunida 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi va barchasi ishonchli g‘alabaga erishdi.

18 mayga qadar davom etadigan ushbu musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Serbiya, Ozarbayjon va Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan 150 nafar charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun jang qilishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!