FIFA yilning eng yaxshilarini aniqladi. (batafsil, foto)

  • 24 oktabr, 2017, 01:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun FIFA mavsumning eng yaxshilarini taqdirlaydi. SPORTS.uz internet axborot portali ushbu taqdirlash marosimini onlayn matnli translyatsiya qiladi.

Ushbu sahifani yangilash orqali kuzatib boring.

- Bugungi matnli translyatsiyamiz yakuniga etdi. Eng so‘nggi sport xabarlarini SPORTS.uz da kuzatib boring!!

- Qayd etish joiz, o‘tgan mavsum Ronaldu 46 bahsda ishtirok etdi va 42 ta gol kiritib, 12 golga assistentlik qildi hamda 4 ta jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, o‘tgan mavsum ham mazkur mukofot aynan portugaliyalik forvardga topshirilgan edi.

- Krishtianu Ronalldu - yana bir bor "the Best" mukofotini qo‘lga kiritmoqda!!!

- Diqqat qiling, yilning eng yaxshi futbolchisi nomi  e’lon qilinmoqda!!! Bu sovrinni Janni Infantino topshiradi

- Yilning eng   yaxshi ayol futbolchisi - Like Martins(Gollandiya). Afsuski, u muhim o‘yin tufayli bugungi marosimga tashriy buyura olmadi

- Endi bizni faqatgina eng yilning eng yaxshi ikki futbolchisi(ayollar va erkaklar futbolida) nomini  bilishimiz qoldi.

- Ayni damgacha o‘z egasini topgan mukofotlar quyidagilar

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi: Zinedin Zidan («Real»),ji Buffon («Yuventus»), Keylor Navas («Real»), Manuel Noyer («Bavariya»).

Ayollar futbolida mavsumning eng yaxshi murabbiy:  Sarina Vigman (Gollandiya).

Mavsumning eng chiroyli goli: Olive Jiru («Arsenal»)

Mavsumning eng yaxshi muxlislari: «Seltik»

- "Casabian" mashhur rok guruhi o‘z chiqishlari bilan yuig‘ilganlarga o‘ziga hos kayfiyat ulashmoqda

- Bu orada kichik tanaffus yuzaga keldi. Boshlovchi tadbir ishtirokchilarining fikrlari bilan qiziqmoqda

Yil ramziy jamoasi a’zolari sahnaga taklif etildi. Bular quyidagilardir

Darvozabon: Djanluidji Buffon («Yuventus»).

Himoyachilar: Dani Alves («Yuventus»/«PSJ»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»/»Milan»), Serxio Ramos i Marselo (oba – «Real»).

Yarim himoyachilar: Luka Modrich, Toni Kroos (oba – «Real») i Andres Inesta («Barselona»).

Hujumchilar: Neymar («Barselona»/»PSJ»), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real»).

- Feyr-pley sorini - Frensis Kone 

- Ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiy nomi ma’lum bo‘ldi - u Sarina Vigman(Gollandiya)

- Yilning eng yaxshi muxlislari sifatida - "Seltik" klubi muxlislari e’tirof etildi!

- Yilning eng yaxshi darvozaboni - Janluidji Buffon!

- "Real"ni super natijalar singari etaklagan Zinedin Zidan mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

- Endi yilning eng yaxshi murabbiyi nomi ma’lum bo‘ladi. G‘olibni Klaudio Raneri e’lon qiladi

 

- Yilning eng chiroyli goli sifatida Olive Jiruning goli "Pushkash" mukofotiga ega chiqdi

- Dastlabki sovrin nomi birozdan so‘ng ma’lum bo‘ladi

- Boshlovchi Idriss Ronaldu, Messi va Neymar bilan selfiga tushmoqda

- Bugungi marosimni olib boruvchi boshlovchilar sahnaga chiqishdi

- Endi esa madaniy tadbirlar start olmoqda

- O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroqo‘m a’zosi Bobur Shodiev Londonda bo‘lib o‘tayotgan “The Best FIFA Awards 2017” marosimida «Real Madrid» prezidenti Florintino Peres bilan uchrashdi(Foto: O‘FF)

- Alvesning antiqa kostyumi har qanday kishining diqqatini tortishi tabiiy

- Ronaldu va Rodriges xonim

- O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Londonda bo‘lib o‘tayotgan “The Best FIFA Awards 2017” marosimida futbol afsonasi Diego Maradona bilan uchrashdi(Foto: O‘FF)

- Va qizil kostyum kiyib olgan Neymar ham yashil yo‘lakdan kirib kelmoqda

- Nihoyat, bugungi kechaning bosh qag‘ramoni bo‘lishi kutilayotgan Krishtianu Ronaldu kirib kelmoqda!

- Bu orada Messi va Rakutstso xonim fotosessiyada ishtirok etdi

- Qani Ronaldu va Neymar??? Kutamiz, azizlar...

- Ramos esa selfi tushishga ulgurdi

- Uning ketidan Xarri Keyn, Zinedin Zidanlar ham etib kelishdi

- Diqqat qiling, Lionel Messi yashil yo‘lakda ko‘rinish berdi. U bugun uyiga "The Best" sovrini bilan qaytadimi?

- Karlo Anchelotti ham o‘z rafiqasi bilan fotosessiyada ishtirok etib ulgurdi

- Bu esa Masuluke Oskarinedir. U bugun yilning eng chiroyli goli uchun da’vogarlik qilmoqda

- Luka Modrich, Marselo, Jiru... marosimga kirib kelishdi va ular bilan fotosessiya o‘tkazilmoqda

- Bu xonim - Karli Lloyddir. U yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlik qilmoqda

- Bugungi marosimning asosiy sovrini shubhasiz kimga nasib etishi barchani birdek qiziqtirmoqda? Ronaldu, Messi, Neymar. Siz nima deysiz?

- Futbolchilar ham qimmatbaho mashinalardan tushib, yashil yo‘lakdan kirib kelishni boshlashdi

- Bugun bir qator futbol afsonalari, Diego Maradona, Xaver Zanetti, Ronaldolar ham marosimda ishtirok etishadi  

- Assalomalu alaykum FIFAning "The Best" mukofoti topshirish marosimidan uyushtiriladigan matnli translyatsiyamizni boshlaymiz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!