Anvar Boynazarov "GLORY 47" turnirida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Frantsiyaning Lion shahrida tashkil qilingan kikboksing bo‘yicha "Glory 47" turnirida hamyurtimiz Anvar Boynazarov finalgacha etib keldi.

Mazkur turnirning yarim finalida u mezbonlar vakili Fabio Pinkani ikkinchi raunddayoq nokautga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi yarim final qarama-qarshiligida esa ikki frantsiyalik jangchi Aziz Xliali va Abdelli Ezbiri o‘zaro to‘qnash kelishdi. Ushbu juftlikda Ezbiri ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun keldi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, g‘olib sportchilar yarim final janglaridan so‘ng qisqa tanaffus olib, hal qiluvchi final bahsiga kirishdilar. Keskin va murosasiz o‘tgan jangda mezbon sportchi hakamlar qo‘ygan ochkolar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. (29-28, 30-27,30-27, 30-27, 30-27).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!